Vitaminsimon moddalar Yana yaqin birikmalar vita'minlarnikiga o'xshash xususiyatlarga ega va hujayraviy almashinuv jarayonlarida asosiy o'rin tutadi. Ular haqiqiy vita'minlardan odatdagi ovqatlanishda tanqis miqdorda bo'lmasligi, metabolizm yo'llarida etarlicha sintezlanishi, organizmdagi disbalans(muvozanat buzilishi)ning belgilangan biomarkerlari va fiziologik ehtiyojlarning aniq me'yorlari yo'qligi bilan farq qiladi. Illo, shunaqangi vaziyatlar ham bo'ladiki, turli sabablarga ko'ra, xususan, moddalar almashinuvining intensivlashishi tufayli qo'shimcha sintez qilish almashtirilmas nutrientlarning sarflanishiga yoki metabolik tizimlarning disbalansiga olib kelgani uchun ham organizm uchun optimal bo'lmaydi va ratsionda vitaminsimon moddalarning ko'proq tushishi talab qilinadi. Vitaminsimon birikmalarga quyidagilar kiradi: xolin, betain, karnitin, lipoat kislota, Q10 koenzim, inozit, orotat kislota, pangamat kislota, para-aminobenzoat kislota, shuningdek, S-metilmetionsulfoniy. Xolin (betain). Bir karbonli guruhlar siklida, glitsinning S-adenozilmetionin ishtirokidagi uch bosqichli metillanish natijasida fosfatidiletanolaminga uzluksiz aylanishida fosfatidilxolin (letsitin)dan uncha ko'p bo'lmagan miqdordagi xolin bevosita organizmda sintezlanadi. Bu xolinning biosintezlanishidir. Biroq inson o'z ehtiyojlarini de novo sintezi hisobiga qondira olmaydi - xolinning ko'proq qismi organizmda ovqatdagi letsitindan hosil bo'ladi. Shuningdek, ovqat bilan glitserofosfoxolin, fosfoxolin va sfingomielin ham tushadi. Fiziologik funksiyalari. Xolinning asosiy ovqat manbai - letsitindir. U ichakda - glitserofosfoxolingacha, jigarga tushgach esa - xolingacha gidrolizlanadi. Gepatotsitlardagi xolin asosan letsitinga refosforlanadi, biroq uning uncha ko'p bo'lmagan qismi miyaga tushadi, bu yerda neyromediator atsetilxolinga evriladi. Xolin biomembranalar lipidli qatlamining sintezi uchun almashtirilmasdir, chunki u fosfolipidlar, letsitin va sfingomielinga transformatsiyalanadi. Hujayralar ichidagi molekulaviy tashuvchilar - diatsilglitserin va keramidlarning yuzaga keltiruvchilari letsitin, tarkibida xolin bo'lgan fosfolipidlar va sfingomielinlardir. Xolin zichligi juda past lipoproteinlar (ZJPLP)ning fosfolipidli tarkibiy qismi shakllanishida o'ta muhim o'rin tutib, gepatotsitlarning triglitseridlar, xolesterin va yog' kislotalarining qoldiqlaridan ozod bo'lishini ta'minlaydi, shu ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.66 KB
Ko'rishlar soni
427 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:51 ]
Arxiv ichida: docx