Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklari

Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklari Nafas a'zolari kasalliklari Zotiljamlar O'pkadagi yiringli jarayonlar Yurak qon-tomir kasalliklari Buyrak kasalliklari Me'da - ichak kasalliklari Qon tuzilishidagi o'zgarishlar Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklarini davolash va oldini olish 1853-1856 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok, kollaps, zotiljam va boshqa asoratlarni ko'zatgan edi. Uning fikricha, Jarohat inson tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko'ra ancha murakkab ta'sir etadi. N. I. Pirogov ta'riflagan kollaps holati hozirgacha o'z ahamiyatini yuqotgan emas. Ulug' Vatan urushi davrida jarroh va terapevtlarning kuzatishlaricha, yaradorlarda murakkab patogenez bilan kechuvchi xilma-xil ichki a'zolar kasalliklari aniqlangan. Yaradorlarda hayotiy jarayonlar boshqarilishining bo'zilishi bilan kechuvchi shok, yarador bo'lish natijasida qon bosimi tushib ketishi bilan namoyon bo'luvchi kosllaps kabi asoratlar ham ko'zatildi. Urush paytida o'pka, yurak va buyrak kabi ichki a'zolarda o'ziga xos o'zgarishlar aniqlangan. Bu shikastlanishlar murakkab bo'lib, ko'pincha tananing qaysi joyiga o'q tekkanligiga (bosh, ko'krak, qorin) bog'liq. Ba'zi shikastlanishlar turli yuqumli kasalliklarga sabab bo'ladi. Yarador bo'lish qon yuqotish bilan kechib, bu kasallikning tuzalishi va asoratlar qolishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bundan tashqari, jangovar holat (tinimsiz janglar, frontdagi urush to'xtagan davrlar) asablarga kuchli ta'sir etishi, yaradorlar tinkasini quritish bilan birga ular ichki a'zolari faoliyatini yomonlashtiradi. jahon urushi yillarida terapevtlarning yaradorlarni davolashlari puxta ishlab chiqilgan edi. Alohida tibbiy batalon va gospitallarda terapevtlar jarroh bilan birgalikda yaradorlarda kelib chiqqan ichki a'zolar kasalliklarini davoladilar. Nafas a'zolari kasalliklari jahon urushi tajribasi turli xil jarohatlar - o'pka va plevrada asorat qoldirishini kursatdi. Ularni o'rganish oson bo'lishi uchun 5 guruhga bo'linadi: 1. Pulmonitlar. 2. qon quyilishlar. 3. Atelektazlar. 4. Zotiljamlar. 5. Yiringlash jarayonlari (abssess, gangrenalar). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.03 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.03 KB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga