Yog'lar va ularning ovqatlanishdagi ahamiyati Yog'lar (lipidlar) - bu murakkab organik birikmalar bo'lib, triglitseridlar va lipoid moddalar (fosfolipidlar, sterinlar) dan tarkib topadi. Triglitseridlar tarkibiga efirli biriktiruvchilar bilan birikkan glitserin va yog' kislotalari kiradi. Yog' kislotalari lipidlarning asosiy tarkibiy qismlari bo'lib (90 % ga yaqin), aynan ularning tuzilishi va xususiyatlari ovqat yog'larining har xil turlarining xossalarini belgilaydi. Tabiatiga ko'ra ovqat yog'lari hayvon va o'simlik yog'lariga bo'linadi. Kimyoviy tuzilishiga ko'ra o'simlik yog'lari hayvon yog'laridan yog'-kislotali tarkibi bilan ajralib turadi. O'simlik yog'larida to'yinmagan yog' kislotalarining yuqori darajada bo'lishi ularga suyuq agregat holatni beradi va ularning ozuqaviy qiymatini belgilaydi. O'simlik yog'lari (moylar) oddiy sharoitda suyuq agregat holatida bo'lib, faqatgina palma yog'i bundan mustasnodir. Yog'lar organizmning hayot faoliyatida ahamiyatli o'rin tutadi. Ular ahamiyatiga ko'ra ovqat bilan tushayotgan umumiy quvvat tashuvchi uglevodlardan keyingi ikkinchi o'rinda turishadi. Shu bilan birga, quvvat tashuvchi nutrientlar orasida kaloriyalilik koeffitsiyenti eng baland bo'lgan ( yog' organizmga 9 kkal beradi) yog'lar hatto ozgina miqdorda bo'lganida ham tarkibida o'zlari bo'lgan mahsulotga yuqori quvvatiy qiymat berishga qodir. Bunday holat nafaqat ijobiy ahamiyatga ega bo'libgina qolmay, balki tezkor va katta xajmdagi ovqat bilan birga istemol etilayotgan ortiqcha yog' va mos ravishda quvvat tushishining belgisi bo'ladi. Yog'larning fiziologik o'rni, faqatgina ularning quvvat funksiyasi bilan tugamaydi. Ovqat yog'lari organizmdagi biologik membranalar, steroid gormonlar, kaltsiferollar va hujayralar birikmalarini mo'tadillovchilar - eykozanoidlar (leykotrienlar, prostaglandinlar) hosil bo'lishining bevosita manbalari yoki oldin faoliyat ko'rsatuvchilaridir. Ovqat yog'lari bilan birga organizmga lipidlik xususiyatiga yoki lipofillik tuzilishiga ega bo'lgan boshqa birikmalar: fosfatidlar; sterinlar; yog'da eriydigan vita'minlar tushadi. Normal darajada tushayotgan yog'larning umumiy miqdoridan 95 ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.5 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:56
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.5 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:56 ]
Arxiv ichida: docx