YuRAK IShEMIK KASALLIGI Qo'qqis yurak o'limi - yurak faoliyatini to'satdan to'xtash holati bo'lib, u ko'pincha yurak asistoliyasi (yurak to'xtashi) yoki qorinchalar fibrillyatsiyasi sababli kelib chiqadi. Boshqa sabablar va boshqa tashxis qo'yish imkoniyati bo'lmagan taqdirda qo'yiladi. ZO'RIQIShDAGI STABIL STENOKARDIYa Stenokardiya - ko'krak qafasida to'satdan paydo bo'ladigan va odatda tez o'tib ketadigan og'riq xuruji bilan ifodalanadi kasallik, jismoniy zo'riqish va ruhiyemotsional kuchlanishlarda miokard ishemiyasi natijasi bo'lib kelib chiqadi va sokinlik holatida o'z - o'zidan to'xtaydi. 10-XKK: I 20 Etiologiyasi va patogenezi Stenokardiya xurujining sababchisi bo'lib arteriya bo'shlig'ini 50 foizdan ziyodga yetib borib torayishi bilan ifodalanuvchi koronar arteriyalar aterosklerozi hisoblanadi. Xurujlar ateroskleroz fonidagi vazospazm natijasida xam kelib chiqishi mumkin. Zo'riqishdagi stabil stenokardiya tasnifi. I funksional sinf (FK)-odatdagi jismoniy zo'riqishlar yaxshi ko'tariladi; stenokardiya xurujlari faqat yuqori intensivli zo'riqishda kelib chiqadilar. II FK-odatiy jismoniy faollikni yengil chegaralanishi. Stenokardiya xurujlari tekis joy bo'ylab (2 kvartalni) va undan ortiq masofani bosib o'tilganda kelib chiqadilar yoki bir qavatdan ko'proq ko'tarilishi xurujlarga sabab bo'ladi. II FK-odatiy jismoniy faollikni kuchli tarzda ifodalanishi. Xurujlar me'yorda temp bilan tekis joy bo'ylab 100- bosib o'tilganda, bir qavatga ko'tarilganda kelib chiqadi. IV FK-xar qanday jismoniy zo'riqishni ko'tara olmaslik. Stenokardiya xurujlari dan kam masofa bosib o'tilganda osoyishtalikda kelib chiqadi. Tashxis qo'yish misoli: YuIK: zo'riqishdagi stabil stenokardiya, II FK. Klinik ko'rinishi Stenokardiya uchun ifodali bo'lib kamroq yurak sohasida, epigastriyada, chap kurak hududida va to'sh ortida joylashuvchi bosuvchi, kuydiruvchi hamda qisuvchi og'riq hisoblanadi. Og'riq chap yelkaga va qo'lga, kurakka, bo'yinga, yuzga, jag'ga, tishlarga tarqalishi mumkin. Anginoz xurujning ishonchli alomati qattiqqisilgan musht simptomidir: bemor o'zining hissiyotini bayon etish ...

Joylangan
06 Jan 2023 | 15:06:54
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
06 Jan 2023 [ 15:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.03 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:00 ]
Arxiv ichida: docx