Zaharli o'simliklardan zaharlanish

Zaharli o'simliklardan zaharlanish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Zaharli o'simliklardan zaharlanish - rasmi

Material tavsifi

Zaharli o'simliklardan zaharlanish Yovvoyi holda o'suvchi zaharli o'simliklarning mevalaridan zaharlanish hollari asosan bolalar orasida uchraydi. Shu bilan birga o'zlari istemol qiladigan mevalar (gilos, uzum, qorag'at, chernika, ertuti)ni eyilmaydiganlaridan ajratishni bilmaydigan bolalar ko'pincha sayr qilayotganlarida ularni eb, zaharlanib qolishadi. Shu sababli ham an'anaviy ravishda ovqatlanishda ishlatilmaydigan zaharli o'simliklardan zaharlanib qolishni mumtoz ovqat zaharlanishlari sirasiga kiritmaslik lozim, illo ular oziq-ovqat mahsulotlariga mansub emas (noan'anaviy oziq-ovqat manbai hisoblanmaydilar), ularning istemol qilinishi esa tasodifan yuz beradi. Zaharlanishni keltirib chiqaruvchi 100 dan oshiq zaharli o'simliklar sirasiga shaytonkosa, bangidevona, zangpoya (bodiyoni rumi), bo'riog'iz, kuchala, mordovnik, ko'knor, sambitgul, belladonna, kanakunjut va boshqalar kiradi. Zaharli o'simliklardan zaharlanish ular tarkibida alkaloidlar va glikozidlarga oid bo'lgan turli-tuman tabiiy toksik birikmalarning mavjudligi bilan bog'liqdir. Tabiiy toksik birikmalarning ko'rinishlari turli-tumanligi tufayli ham yovvoyi holda o'suvchi o'simliklardan zaharlanishlar klinik manzarasining polimorfizmi bilan farqlanadi. Ushbu guruhdagi barcha zaharlanishlar uchun hos bo'lgan umumiylik yashirin (inkubatsion) davrining o'ta qisqaligidir (30 daqiqadan 1 soatgacha). Zaharlanish belgilari odatda zaharli o'simlikni istemol qilganlarning barida rivojlanadi. Zaharlanish og'irligining darajasi istemol qilingan miqdor, bola organizmining holati va yoshiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bolalarning zaharli o'simliklardan zaharlanishini profilaktika qilishning asosiy tadbirlariga bolalar obyektlari (bog'chalar, bog'lar va boshqalar)ni muntazam ravishda tekshirib turish va zaharli o'simliklarni yoki ularning potentsial xavfli qismlari (mevalari)ni yo'qotishdan iboratdir. Shuningdek, bolalar orasida tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borilishi ham katta ahamiyatga ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.37 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.37 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga