Sintaksisning o'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So'z birikmasi

Sintaksisning o'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So'z birikmasi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Sintaksisning o'rganish obyekti. Sintaktik aloqa vositalari. So'z birikmasi - rasmi

Material tavsifi

SINTAKSISNING O'RGANISH OBYEKTI. SINTAKTIK ALOQA VOSITALARI. SO'Z BIRIKMASI REJA: 1. Sintaksis haqida tushuncha 2. Sintaktik aloqa va munosabat turlari 3. So'z birikmasi va sintagma. 4. Erkin va turg'un birikmalar. Tayanch tushunchalar: So'z birikmasi - bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma'no va grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so'zlar bog'lanmasi; Sintaktik bog'li so'z birikmasi - qismlari ajralmagan holda bir sintaktik bo'lak deb olinadigan, ichki bog'lanishi nuqtayi nazaridan esa sintaktik qismlarga ajraladigan so'z birikmasi; Sodda so'z birikmasi - o'zaro tobe + hokim munosabatidagi ikki mustaqil so'zdan tuzilgan so'z birikmasi; Murakkab so'z birikmasi - qismlari yoki ulardan biri birdan ortiq so'z bilan ifodalangan birikma; Ot so'z birikmalar-hokim qismi fe'ldan boshqa turkumga oid so'z bilan ifodalangan so'z birikmalari; Ravish so'z birikmalar - hokim qismi ravish bilan ifodalangan so'z birikmalari. Sintaksis (grekcha so'zdan olingan bo'lib, tuzish demakdir) til tizimining yuqori sathi bo'lgan sintaktik sath hamda shu sath haqidagi ta'limotdir . Morfologiya va sintaksis grammatikaning o'zaro bog'langan ikki bo'limi sanaladi. Grammatikaning bu ikki bo'limi predmetlariga ko'ra farqlanadi . Morfologiyaning o'rganish obyekti (predmeti) alohida so'z shakllarining ma'lum grammatik ma'no asosidagi paradigmalari, ularning grammatik kategoriyalari bo'lsa, sintaksisda so'zlarni biriktirib gap qurish (shu jumladan, bir so'zdan gap hosil qilish) qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo'llanishi, gaplarning o'zaro munosabati kabi masalalar tekshiriladi, bunda hodisaning mundarijasi-mazmuni (nimaning ifodalanishi) hamda formasi (qanday yo'l bilan ifodalanishi) ko'zda tutiladi. Sintaksisning o'rganish obyekti gap va uni tashkil etgan so'z shakllarining grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalardir. Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O'zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisining ikki birligi: so'z birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi. Bunday qarash rus tilshunosligi ta'sirida kirib keldi. Rus tilshunosligida sintaksisning ikkita o'rganish obyekti mavjud ekanligini A.A.Shaxmatov bayon qilgan edi. Bu fikr V.V.Vinogradov tomonidan rivojlantirildi. Predikativlik hodisasining talqini o'zbek tilshunosligida ham,asosan, akad. V.V.Vinogradov ta'limotiga asoslanganini ko'ramiz. Hozirgi kunda sintaksisning 4 ta o'rganish obyekti bor: 1) so'z birikmasi, 2) gap sintaksisi, 3) qo'shma gap sintaksisi, 4) matn sintaksisi. (Mahmudov N.,Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi. -Toshkent: O'qituvchi.1995,6-b.) Nutqning o'zicha tugallikka ega bo'lgan parchasi gapdir. So'z birikmasi bunday grammatik xususiyatga ega emas, u gap tuzish vositasidir. Shuning uchun sintaksisning asosiy tekshirish obyekti gapdir. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir . V.Vinogradov fikriga ko'ra, faqat so'z birikmasi va gapgina emas, balki qo'shma gap ham alohida sintaktik birlik sifatida tan olinadi. Bu qarashga muvofiq, sintaksis 3 birlik: so'z birikmasi, gap va qo'shma gap haqidagi ta'limotdir. O'zaro grammatik va mazmuniy jihatdan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.47 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.47 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga