O'rta asrlar tilshunosligi. Qadimgi Rim, Xitoy tilshunosligi

O'rta asrlar tilshunosligi. Qadimgi Rim, Xitoy tilshunosligi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
O'rta asrlar tilshunosligi. Qadimgi Rim, Xitoy tilshunosligi - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Rim, Xitoy tilshunosligi. O'rta asrlar tilshunosligi Reja: Qadimgi Rim tilshunosligining asosiy xususiyatlari. Analogistlar va anomalistlar qarashlarining davom ettirilishi. Qadimgi Rim tilshunosligi vakillarining qarashlari. Analogiya haqida, Lotin tili haqida, Grammatika san'ati, Fe'lning ma'nosi, Grammatika san'ati haqida ta'limot asarlarining lingvistik mohiyati. Qadimgi Xitoy tilshunosligining asosiy xususiyatlari. Xitoy leksikografiyasi. Xitoy tilshunosligida fonetik-prosodemiya hodisasining ishlab chiqilishi. Xitoy grammatikasi asoschilari. O'rta asrlar tilshunosligi. O'rta asr tilshunoslarining nazariy qarashlari. Yevropatilshunosligi. Arab tilshunosligi. Arab leksikograflari. Kitob ul -ayn, Kitob ul-avomil, Al - kitob asarlari mohiyati. Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo'shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shoxobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. YUnon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o'girildi. Yunon tilshunosligidagi analogiya va anomaliya maktablaridagi munozaralar ham Rim tilshunosligida davom ettirildi. Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari: yo'liy Sezar, Mark Terensiy Varron, Mark Fabiy, Kvintilian, Eliya Donata, Verriy Flakk, Prissian va boshqalardir. yo'liy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44 y). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig'i yo'liy Sezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so'z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi. Mark Terensiy Varron (eramizdan ilgarigi 116-27 y). Mark Varron 25 kitobdan iborat «Lotin tili haqida» asarini yaratdi. Shu kungacha bu asarning 6 tasi yetib keldi. Kitobda analogistlar va anomalistlar orasidagi nazariy tortishuv, munozara mukammal bayon qilinadi. U ham yo'liy Sezar kabi analogiya tarafdori edi. Varron so'z o'zgarishini analogiyaga, so'z yasalishini esa anomaliyaga kiritadi. Eliya Donata (bizning eramizgacha IV asrning o'rtalari). Eliya Donata grammatikaga oid keng qamrovli mashhur asarini yozadi va uni «Grammatika san'ati» deb nomlaydi. Ushbu asar to'liq va qisqartirilgan variantlarda bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Verriy Flakk (bizning eramizning boshlari). Rim tilshunosi Verriy Flakk leksikologiya sohasida o'zigacha bo'lgan tadqiqotlarni, tajribalarni va fikrlarni umumlashtirib, katta hajmdagi «Fe'lning ma'nosi» asarini yozdi. Prissian (VI asr. boshlari). Rim grammatikachisi Prissian lotin tili bo'yicha o'z davrining eng katta tadqiqoti hisoblangan «Grammatika san'ati haqida ta'limot» kitobini yaratdi. Qadimgi Rim tilshunosligida Donata va Prissianning grammatikaga oid yaratgan asarlari lotin tili grammatikasi qurilishining mukammal bayoni sifatida juda ko'p asrlar davomida - o'rta asrlar davri uchun namuna bo'lib xizmat qildi. SHunday qilib, rimliklar yunonlardan namuna olib, ularga taqlid qilib, lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili bo'yicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bo'lsa - da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistikani (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatika-chilari so'z turkumiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.91 KB
Ko'rishlar soni 452 marta
Ko'chirishlar soni 78 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.91 KB
Ko'rishlar soni 452 marta
Ko'chirishlar soni 78 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga