Ingliz va rus tillari leksik tipologiyasi

Ingliz va rus tillari leksik tipologiyasi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Ingliz va rus tillari leksik tipologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ingliz va rus tillari leksik tipologiyasi Reja: So'z struktur unsur sifatida. Leksik birliklar ma'no hajmi. So'zlar semantikasining milliy xususiyati. Mustaqil to'liq va to'liq bo'lmagan ma'noga ega so'zlar. Leksik birliklarning ishlatilish chastotasi. So'zlarning nomlanish tabiati. Tilning hamma sathlarida tipologik tadqiqot olib borish mumkin bo'lganidek, leksik sathda, ya'ni so'z ustida ham tipologik tadqiqot ishlarini amalga oshirish mumkin. So'z leksik tipologiyaning predmeti hisoblanadi. So'zlar ingliz va rus tillarida hamma tillar uchun xos universal deb qabul qilingan xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Taqqoslanayotgan tillar boshqa tillardagidek mazmun planiga, ifoda planiga va distributsiyaga ega. Quruq so'z bo'lmaganidek, ovozsiz so'z ham bo'lmaydi. Ushbuning isboti o'laroq ma'no va strukturaning buzilishiga olib keladigan so'zda harflarni almashtirish jarayonini (masalan, стол - лотс) misol tariqasida keltirish mumkin. Bu esa so'zning til birligi deb atalmish huquqidan mahrum qiladi. So'z tilning stuktural unsuri sifatida ko'p o'lchamliligi bilan xarakterlanadi. Ularning ma'lum ma'noga hamda ma'lum struktur xususiyatlarga egaligi, o'xshash so'z qatorlarini tashkil etishi, semantik maydonlarga birika olishi, terminologik va noterminologik leksikada ishlatilishi, frazeologizmlar tashkil qila olishi, turli uslublarda qo'llanilshi, asl va o'zlashtirma leksika bilan munosabatda bo'lishi, konkret va mavhum so'zlarga bo'linishi, leksik-grammatik kategoriyalarga ajralishi taqqoslanayotgan tillar leksemalari uchun umumiy belgilar hisoblanadi. Taqqoslanayotgan tillarning umumiylik xususiyatlarga ega bo'lishi ularning leksik sistemasi aynan bir xil degani emas. Chunki bu xususiyatlar har bir til sistemasida o'ziga xos holda namoyon bo'ladi. Ingliz va rus tillarida leksik birliklarning ma'no hajmi Tashqi ob'ektiv dunyo o'z in'ikosini ongda - inson fikrida topsa, ifodasini esa tilda topadi. Bir tilda ifodalangan fikr ikkinchi bir til vositalari orqali adekvat tarzda qayta ifodalanishi mumkin. Til, avvalombor, ma'lumot yuborish vositasi bo'lib, har bir til bir xil ma'lumotni konkret moddiy unsurlar bilan bog'lagan holda turlicha etkazishi mumkin. Tadqiqotlar natijalari, ingliz va rus tillarida o'z hajmiga ko'ra leksika yordamida ifodalangan ma'lum miqdorda tushunchalar mavjud ekanligini ko'rsatdi. Masalan, ingliz tilidagi by-line so'zi muallifning, rassomning, suratkashning va hokazolarning ismi, sharifi yoziladigan qatorni bildiradi. Rus tilida esa biz by-line so'ziga taxminan mos keladigan подпись so'zini topamiz. Rus tilidagi подросток so'zi 12 dan 16 gacha bo'lgan yoshni ifodalasa, ingliz tilidagi teenager so'zi esa 13 dan 19 gacha bo'lgan yoshni ifodalaydi. So'z ma'nosi doirasi (ko'lami) tilning milliylik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, rus tilidagi человек so'zi ingliz tilida man, person, woman kabi birliklarga to'g'ri keladi. Lekin rus tilidagi bu so'z ingliz tilidagi so'zga nisbatan o'z ma'nosining kengligi bilan ajralib turadi. Taqqoslanayotgan tillarda hajm jihatdan ma'nolarning mos tushmaydigan holatlariga misollar keltiramiz: high, tall высокий finders, toes пальцы hand, arm рука foot, leg нога o'clock, hour час watch, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.08 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.08 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga