Qadimgi hind va yunon tilshunosligi Reja: Qadimgi hind tilshunosligining asosiy xususiyatlari. Vedalar tili. Prakrit tili. Vedalar va prakrit orasidagi farqlar. Ashtadxyan asari. Panini grammatikasining sof empirik va tasviriy xususiyatlari. Qadimgi yunon tilshunosligining asosiy xususiyatlari. Analogistlar va anomalistlar bahsi. Stoiklar ta'limoti. Grammatikaning mantiqdan ajratilishi. Yunon tilshunosligining grammatik davri. Ellinizm davri til maktabi ta'limoti. Tayanch tushunchalar: Vedalar tili, vyakarana, nol morfema, logogramma, predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi, stoiklar maktabi; tilshunoslikning 2 davri: falsafiy davri, grammatik davri. Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816-yil) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g'oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o'zining alohida o'rganish obyektiga va tekshirish metodiga ega bo'ldi. Qat'iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o'sish» davrini bosib o'tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta'limotlar ta'sirida bo'ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda ko'plab manbalarga «guvoh bo'ldi», shakllandi. Anig'i, tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida o'ziga xos va o'ziga mos doimiy mustahkam o'rin egalladi. Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta'limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi. O'rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O'rta Osiyoda taraqqiy qildi. Qadimgi Hind tilshunosligi. Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan e'tirof etiladi. Bu - mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo'lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug'ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo'ldi. Aniqrog'i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o'tishi bilan mamlakat aholisining so'zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Ya'ni qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so'zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo'qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o'rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e'tiborga, hurmatga sazovor bo'lgan Vedalardagi ma'nosi tushunarli bo'lmagan so'zlarni aniqlab, ularning ma'nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug'atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so'z va jumlalar ma'nosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo'lgan qat'iy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo'ldi. Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida ...

Joylangan
24 Feb 2023 | 21:31:36
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.41 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Feb 2023 [ 21:31 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.41 KB
Ko'rishlar soni
345 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: docx