Lingvistik tahlil metodlari Reja: Tilshunoslikning tadqiqot metodlari. Umumiy va xususiy metodlar. Eksperimental-fonetik metod. Lingvogenetik tadqiqot metodlari (qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, rekonstruksiya, miqdoriy, transformatsion metodlar). Areal tadqiqot metodlari (qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, kartografik, metakartografik, statistik, kadastrlash metodlari). Tipologik tadqiqot metodlari. Distributiv metod. Transformatsion metod. Gap bo'laklari metodi; tarixiy - qiyosiy metod; substitusiya (almashtirish) metodi; tarkibiy qismlarga ajratish metodi; tranformatsion metod; statistik tahlil metodi; komponent tahlil metodi. Tayanch tushunchalar: Tarixiy-qiyosiy metod - bir tilni yoki bir necha qarindosh tillarni, ularga teshoi birliklarni, hodisalarni tarixiylik prinsipi asosida qiyoslaydi, ular orasidagi tarixiy umumiylikni, o'xshashlikni va farqlarni aniqlaydi. Chog'ishtirish metodi - ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan tillarni o'zaro qiyoslab, chog'ishtirib o'rganadi. Tipologik metod - o'zaro qarindosh va qarindosh bo'lmagan tillar, struktur jihatdan qiyosiy o'rganilib, ular tuzilishiga xos xususiyatlar - umumiy va farqli tomonlar aniqlanadi. Har bir fan kabi tilshunoslik fani ham tarixiy taraqqiyoti davomida lisoniy hodisalarni o'rganishda, tadqiqot obyektini (manbaini) ilmiy tahlil qilib,uning ichki sirlarini, muayyan jihatlarini ochishda, tabiatini, tarkibini aniqlashda, ilmiy xulosalar chiqarishda muayyan metodlar asosida ish olib boradi. Bu - mutlaqo tabiiy.CHunki metod tadqiqot manbaining (obyektining) biror jihatini,tomonini (qismini, bo'lagini) o'rganish, aniqlash, bilish usulidir. Boshqacha aytganda, tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o'ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida obyektiv ilmiy-falsafiy g'oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlari faolligida, ularni qo'llash orqali amalga oshadi.Demak metod fanining mavjudligi, uning ajralmas tarkibiy qismi, mantiqiy bo'lagi (komponenti) bo'lgan ilmiylik degan tushunchaga xizmat qiladi. U fan ilmiyligini, taraqqiyotini ta'minlaydi, fanning ijtimoiy ongning qudratli bir qismi, turi ekanligini asoslaydi, unga xizmat qiladi. Aytish mumkinki, har bir fan muayyan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishda, ta'limotlar yaratishda bevosita asos bo'lib xizmat qiluvchi qator faktlar, hodisalarga ega bo'lishdan tashqari u ushbu faktlarni tadqiq va tahlil qiluvchi metodlarga ham ega bo'lishi shart. Demak har bir fanning mavjudligi, xulosalari,faolligi uning tadqiqot obyekti (manbai), tadqiqot maqsadi va, ayni vaqtda, tadqiqot metodlari bilan belgilanadi, o'lchanadi.SHunday ekan, fandagi ilmiylik prinsipi uchun xizmat qiladigan metod nima? Metod termini nimani anglatadi? Nimani ifoda etadi? Degan savolning tug'ilishi mantiqiydir, tabiiydir. Metod etimologik jihatdan grekcha methodos so'zidan olingan bo'lib, tadqiqot, o'rganish degan ma'noni anglatadi. Metod bilish nazariyasiga ko'ra voqeilikka yondashish -tabiat, jamiyat va fikrlash jarayonini - tafakkurini bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy ma'noda obyektiv voqeilikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish, tushuntirish va talqin qilish yo'lidir. Ayni vaqtda metod umumiy-falsafiy ma'noda qo'llanishdan tashqari u tor (xususiy) ma'noda ham qo'llanish imkoniyatiga ega.Bu holda u muayyan fanga oidligi bilan, ayni fanning tadqiqot obyektini (manbaini) tahlil qilish bilan muhim ahamiyatga ega bo'ladi. ...

Joylangan
24 Feb 2023 | 21:31:36
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.64 KB
Ko'rishlar soni
460 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Feb 2023 [ 21:31 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.64 KB
Ko'rishlar soni
460 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:18 ]
Arxiv ichida: docx