Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar

Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar - rasmi

Material tavsifi

Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar Reja: Bir manoli va ko'p manoli so'zlar So'z manosining taraqqiyot yo'llari: so'zlarda mano ko'chishi, manoning kengayishi, manoning torayishi. Tayanch tushunchalari: Metafora - grekcha «ko'chirma» demakdir. Metonimiya-grekcha «qayta nomlash», «nomini almashtirish». Sinekdoxa-grekcha «nazarda tutish». Tildagi so'zlar bir ma'noli va ko'p ma'noli bo'ladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma'noni ifoda etuvchi o'zlar bir ma'noli so'zlar deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiyena, g'oya, mimika, qobiliyat, fonema va b. So'zlar ba'zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma'noni, gap tarkibida boshqa so'zlar bilan bog'liq holda boshqa bir ma'no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq so'zi gapdan tashqarida olinganda yerga tomon yaqinlashmoq ma'nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko'rish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma'nolarni bildiradi. Bu so'zlar birdan ortiq leksik ma'no ifodalayotgani uchun ko'p ma'noli so'z sanaladi. Demak, nutqdan tashqarida bir ma'no, nutq tarkibida boshqa so'zlar bilan bog'liq holda yana boshqa ma'no ifodalovchi so'zlar ko'p ma'noli so'zlar deyiladi. Ko'p ma'nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday so'z, avvalo biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo'ladi, ya'ni bir ma'nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so'z taraqqiyoti ma'no tufayli ko'p ma'noli so'zga aylanishi mumkin. Ko'p ma'noli so'zlarda 2 xil ma'no farqlanadi: 1) bosh (asl, o'z) ma'no; 2) yasama (ko'chma) ma'no. Bosh ma'no so'zning nutqdan tashqarida ifodalagan ma'nosi bo'lib, u boshqa ma'nolarning kelib chiqishiga asos bo'ladi. Yasama ma'no bosh ma'noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, og'iz so'zining bosh ma'nosi insonning tana a'zosi, g'orning og'zi, qopning og'zi yasama ma'no. So'zning yasama ma'nosi gapdagi boshqa so'zlar bilan bog'liq holda anglashiladi. Ma'no taraqqiyoti qonunlariga ma'no ko'chishi, ma'no kengayishi, ma'no torayishi hodisalari kiradi. So'z ma'nosining ko'chishi besh xil bo'lib, ular quyidagilar: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) kinoya; 5) vazifadoshlik yo'li bilan ko'chish. Metafora (grekcha metaphora - «ko'chirma») narsa va hodisalar orasidagi o'xshashlik asosida ulardan birining ifodasi bo'lgan so'zni ikkinchisini ifodalash uchun qo'llashdir, metaforada shaqliy o'xshashlik: belgi-xususiyat, harakat-holat nazarda tutiladi. SHu tufayli ot, sifat va fe'l turkumlarida metafora yo'li bilan ko'chish hodisasi mavjud. Masalan, tish, yengil, pasaydi so'zlarining ma'nosini kuzating: Tish: 1) odamning tishi (bosh ma'no); 2) arraning tishi (yasama ma'no). Yengil: 1) yengil eshik (bosh ma'no); 2) yengil ta'zim (yasama ma'no). Pasaydi: 1) samolyot pasaydi (bosh ma'no); 2) bilimi pasaydi (yasama ma'no). Metaforaga quyidagilar asos bo'ladi: 1) odamning tana a'zolari nomlari: bet, yuz, burun, quloq, ko'z, lab, tish, elka, oyoq, og'iz kabi; 2) kiyimlar va ularning biror qismini nomlari: etak, yoqa kabi; 3) hayvon, parranda va hasharotlarning biror a'zosining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.35 KB
Ko'rishlar soni 482 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.35 KB
Ko'rishlar soni 482 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga