E. Xeminguey asarlari sintaksisining lingvostilistik xususiyatlari. Amerika yozuvchisi va jurnalisti Ernest Miller Xeminguey umri davomida yettita roman, sakkizta hikoyalar to'plamlarini yozgan va nashrdan chiqargan. Uning o'limidan so'ng adibning uchta romani, to'rtta hikoyalar to'plami va uchta avtobiografik asarlari chop etilgan. Yozuvchi 1899-yil, 21-iyulda Ilinoys shtatida dunyoga kelgan. Uning otasi Klarens Edmonds Xeminguey fizik, onasi Greys Hol-Xeminguey esa musiqachi bo'lgan. Adibning oilasi Ouk Park jamiyatining ziyoli va hurmat-e'tiborli oilalaridan bo'lgan. Oila, onasi uchun musiqa studiyasi va otasi uchun tibbiy offislar bor yetti xonali uyda yashardi. Adibga onasi tomondan bobosi hisoblangan Ernest Holning ismi qo'yilgan. Xemingueylar oilasi Michiganda, Vallun ko'li yonida joylashgan Uidmir deb nomlangan yozgi hovli sotib oladi. Oila yozni o'sha yerda o'tkazishga odatlanadi. Ernest Xeminguey u yerda bo'lganda ov qilish, baliq tutishni o'rganadi. Uning otasi keyinchalik o'g'lini tibbiyot va tabiatshunoslik bilan shug'ullanishiga umid qilib, Ernestni yoshligidan tabiatga oshno qilib tarbiyalaydi. Ernest 3 yoshga to'lganda otasi Klarens Xeminguey unga birinchi qarmog'ini sovg'a qiladi va o'zi bilan baliq oviga olib boradi. 8 yoshli bola paytidayoq adib o'sha atrofdagi barcha darahtlar, gullar, hayvonlar, qushlar-u baliqlarning nomini yoddan bilagan. 1911-yili adib 12 yoshga to'lganda bobosi Xeminguey unga 20 kalibrli miltiq sovg'a qiladi. Bu sovg'a bobo ova nabira o'rtasidagi do'stlikni mustahkamladi. U bolaligida bobosining hikoyalarini eshitishni juda yaxshi ko'rardi. Shimoliy Michigan ko'llari va o'rmonlariga sayohat qilish adibning sevimli mashg'ulotlaridan bo'lgan. Tabiatdagi bunday sayohatlar adibning ruhiy olamiga ham katta ta'sir ko'rsatgan. U sarguzashtlar, ovloq joylarda ov, baliq tutish kabi mashg'ulotlarga ishtiyoqmand bo'lib voyaga yetdi. Adibning yana bir sevimli mashg'uloti kitob o'qish edi. U soatlab oilaviy kutbxonadagi kitoblarni mutolaa qilib o'tirardi. U ayniqsa Darvin asarlari va tarixiy adabiyotlarni sevib o'qirdi. Onasi esa Ernestni musiqa bilan shug'ullanishini xoxlardi. U o'g'lini cherkov xorida kuylashga, violonchel chalishga majbur qilardi. Yillar o'tgandan keyin adib bu haqda eslab shunday degan: Onam meni musiqa o'rgansin deb bir yil maktabga yubormagan. U mening musiqaga qobiliyatim bor deb o'ylardi, lekin meni hech qanday iqtidorim yo'q edi. Xeminguey 1913-1917 yillarda Ouk Park va River Forest maktablarini tamomladi. U boks, suv polosi, futbol kabi ko'plab sport turlari bilan shug'ullangan va maktabda ko'plab me'dallar sohibi bo'lgan. Adibning o'zi bu haqda shunday degan: Boks meni huddi buqadek hech qachon yotib qolmaslikka, qayta hujum qilishga doim tayyor turishga o'rgatdi. O'sha kezlardayoq Hemingueyning ilk yozuvchilik ishlari maktabning jurnalida chop etila boshlagan. 1916-yili ota-oansidan mustaqil bo'lish maqsadida Ernest do'sti bilan shimoliy Michiganga sayohatga ketadi. U uyerda ko'plab sarguzashtlarni boshdan kechiradi va keyinchalik sarlarida o'z aksini topgan unutilamas taassurotlar bilan uyiga qaytadi. Ushbu sayohatdan ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.76 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.76 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc