E. Xeminguey asarlarining o'zbek tiliga tarjimasida sintaktik transformatsiyalar. Har qanday asar tarjima qilinayotganda iloji boricha asliga yaqin qilib tarjima qilishga harakat qilinadi. Bunda muallifning o'ziga xos asar yozish uslubi va texnikasi hisobga olinishi kerak. Mohir tarjimon asar tarjima qilayotganda uni asliyatga yaqinroq chiqishini ta'minlaydigan tarjima priyomlarini bilishi kerak. Shulardan biri transformatsiyadir. Transformatsiya atamasi tilshunoslikning ko'plab sohalarida qo'llaniladi. Bu atamaning to'la ma'nosini anglab olish uchun turli lug'atlarga murojaat qilishimi zarur bo'ladi. O. S. Axmanova muharrirligi ostida tuzilgan lingvistik atamalar lug'atida transformatsiyaga quyidagi ta'riflar berilgan: 1) asosiy modellarni ma'lum qonuniyatlarga asoslangan holda o'zgartirib, ikkilamchi til strukturalarini yaratish usullaridan biri; 2) berilgan til sathidagi o'xshash gap va frazalar morfo-sintaktik mosligining ramziy ifodalanishi. V. N. Yartseva tahriri ostida chiqqan tilshunoslik lug'atida transformatsiyaga sodda sintaktik qurilmalarning murakkablashuvi deb ta'rif berilgan. Grammatikada transformatsiya atamasi Noam Xomskiyning transformatsion grammatikasida o'z ta'rifiga ega bo'lgan. Xomskiyning fikricha transformatsiyalar yordamida belgilar ustida to'rt xil operatsialarni amalgam oshirish mumkin: qo'shish, tushirib qoldirish, o'rin almashtirish va belgilarning almashinuvi. Lekin, tarjima nazariyasi va amaliyotida transformatsiya tushuncha bir muncha boshqacharoq ma'noga ega. Bu boradagi olimlarning qarashlarini ko'rib chiqamiz: L.S. Barxudarov transformatsiyaga ta'rif berar ekan, uni biri ikkinchisining asosida kelib chiqqan til yoki nutq birliklarning o'zaro munosabati deb ataydi. Tarjimadagi transformatsiyaga esa, tarjimada ekvivalentlik va adekvatlikni ta'minlash uchun ishlatiladigan tillararo turli xil almashinishlarga aytiladi deb ta'kidlagan va ularni quyidagi turlarini keltirib o'tgan: 1) o'rin almashtirish (gap tarkibidagi so'z va so'z birikmalarning yoki ergash gap komponentlarining o'rin almashishi); 2) almashtirish (so'z shakllari, gap bo'laklarini almashtirish, qo'shma gaplardagi sintaktik almashinishlar, gaplarning qo'shilib ketishi, konkretlashtirish, umumlashtirish, sababni natijasi bilan va aksincha almashtirish, antonim tarjima, kompensatsiya) 3) qo'shish; 4) tushirib qoldirish. Yana bir olim V. N. Komissarov transformatsiyalarni quyidagi turlarga bo'lgan: 1) leksik transformatsiyalar (transkribsiya, transliteratsiya, kalka usuli, leksik-semantik almashtirishlar: konkretlashtirish, umumlashtirish va modulyatsiya); 2) grammatik transformatsiyalar (so'zma-so'z tarjima, gaplarning qo'shilib ketishi, grammatik almashtirishlar: so'z shakllari, so'z turkumlari, gap bo'laklari); 3) kompleks (leksik-grammatik transformatsiyalar: antonym tarjima, eksplikatsiya(tasviriy tarjima), kompensatsiya). Y. I. Retskerning transformatsiyalarning guruhlashtirishi ham o'ziga xos. U transformatsiyalarni ikki guruhga bo'ladi: 1) leksik transformatsiyalar (konkretlashtirish, umumlashtirish, antonym tarjima, kompensatsiya); 2) Grammatik transformatsiyalar (gap bo'laklarining almashinuvi va so'z turkumlarining almashinuvi). L. K. Latishevning fikriga ko'ra tillararo transformatsiyalar olti turga bo'linadi: 1) leksik transformatsiyalar (leksemalarning sinonomik almashinuvi); 2) stilistik transformatsiyalar (tarjima qilinayotgan birlikning stilistik bo'yog'ini o'zgartirish); 3) morfologik transformatsiyalar (bir so'z turkumining boshqasi bilan almashtirilishi); 4) sintaktik transformatsiyalar (gaplardagi sintaktik qurilish va aloqalarning almashtirilishi); 5) semantik transformatsiyalar; 6) aralash transformatsiyalar (antonim tarjima, transformatsiya, konversiya). Yuqorida olimlarning transformatsiyaga oid turli fikrlari ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc