Fonetika o'qitish metodikasi Reja: 1.Maktabda Fonetika bo'limini o'qitishning maqsad va vazifalari 2.Maktabda Fonetika kursining mazmuni va uni o'qitish metodlari 3.Fonetika o'qitishni imlo bilan bog'liq holda olib borish 4.Fonetika o'qitishda o'quvchilarning so'z boyligini oshirish yo'llari Tayanch tushunchalar Fonetika, fonetik hodisa, fonetikani imlo bilan bog'lash, fonetik tahlil, talaffuz va imlo, til hodisasi, amaliy ijodiy imlo. Fonetika bo'limi 5-sinfda o'rgatiladi. Bu bo'lim tilning tovushlar tizimini o'rgatadi. Fonetika bo'limini o'qitish quyidagi vazifalarni ko'zda tutadi: 1.O'quvchilarni adabiy talaffuz me'yorlariga o'rgatish. 2.O'quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka va ko'nikmalar biloan qurollantirish 3.O'quvchilarning so'z boyligini oshirish 4.O'quvchilarda turli lug'atlar va ma'lumotnomalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. Fonetika bo'limining izchil kursi bir qator mavzularni o'z ichiga qamrab oladi. Fonetika va grafika mavzuini o'rganishda asosiy e'tibor fonetika bilan grafikani o'granish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi. Og'zaki va yozma nutq haqida tegishli ma'lumot berilib, darslikdagi mashqlar og'zaki va yozma shakllarda bajariladi. Nutq tovushi va harf mavzusini o'tishni topshiriqda berilgan gapni so'zlarga, so'zlarni bo'g'inlarga, bo'g'inlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash to'g'ri bo'ladi. O'quvchilar o'gzaki nutqning eng kichik, mayda bo'lakka bo'linmaydigan qismi nutq tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega bo'ladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar. Shundan so'ng Unli tovushlar, Undosh tovushlar mavzulari o'rganiladi. O'quvchilar unli va undosh tovushlarning o'xshash hamda farqli tomonlarini o'rganib oladilar. Berilgan so'zlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar. Nutq a'zolari mavzusi orqali o'quvchilarga nutq tovushining qanday hosil bo'lishi va ularni hosil qilishda nutq a'zolarining ishtiroki haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga o'rganadilar. Tovushlar nutq a'zolarining ishtirokiga ko'ra lab tovushlari va til tovushlariga ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida hosil bo'ladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bo'g'iz tovushi hisoblanadi. O'quvchilar mana shunday ma'lumotlar bilan ham tanishadilar. Nutq tovushlarining ma'no farqlash vazifasini o'rgatish ham ko'zda tutilgan, o'quvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi so'zlarning ma'nosini farqlash ekanligini shox - shoh, yod-yot, ulg'aydi-ilg'aydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot kabi so'zlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan so'ng o'quvchilar o'zbek alifbosi haqida bilimga ega bo'ladilar. Fonetika o'qitishda ko'zda tutilgan maqsadlardan biri o'quvchilarga orfografik bilimlar berishdir. Unli tovushlarni o'rgatishda ham, undosh tovushlarni o'rgatishda ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. Darslikdagi 21-dars Unlilar talaffuzi va imlosi deb nomlangan. O'quvchilar u va i, a va o, o',e unlilarining talaffuzi va imlosini o'rgansh orqali orfografik bilimlarga ega bo'ladilar. Masalan, u va i unlilarining talaffuzi va imlosi ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.83 KB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.83 KB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc