Fonetika - rasmi

Material tavsifi

Fonetika Reja: Fonetika haqida umumiy ma'lumot. Tilning fonetik vositalari. Nutq apparati, uning tuzilishi Nutq tovushlari. Tayanch tushunchalar: Fonetika. Nutq tovushlari. Fonema. Nutq a'zolari. Nutq apparati. Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so'zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so'zlar va shu so'zlarning o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi grammatik vositalar (qo'shimchalar, yordamchi so'zlar) ma'lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug' ayyomni mana shu cho'lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug', ayyom, mana, shu, cho'l, kutib, olmoq so'zlari, ularning o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi -ni (tushim kelishigi qo'shimchasi), -yap (zamon ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha), -miz (shaxs-son qo'shimchasi) qo'shimchalari qatnashgan; har bir so'z va qo'shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug' - u, l, u, g'; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi. Ko'rinadiki, nutq tovushlari so'z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir. Fonetika tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, o'zgarishi, urg'u, bo'g'in, ohang kabilar o'rganiladi. Fonetika grekcha phone so'zidan olingan bo'lib lug'aviy ma'nosi tovush demakdir. Fonologiya so'zi tarjima qilinganda tovush haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi (phone - tovush, logos - ta'limot). Bu bo'limda tovushlarning so'z va morfemalar ma'nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo'limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta'bir joiz bo'lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o'rganiladi. Tovush va fonema Tovush bilan fonemani o'zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo'linmaydigan eng kichik birligidir, u ma'no ifodalamaydi, lekin har qanday so'z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma'lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma'nodagi so'zlar hosil qilinadi. So'zlar tovush tarkibiga ko'ra turlicha bo'ladi. 1. Bir tovush bilan farq qiladigan so'zlar: ot - ol, ol - oq, oq - osh, osh - ov, ov - oz, oz - on, on - or, or - os, os - och, och - og', og' - ox; o'z - oz, oz - iz, iz - o'z, o'z - ez, davlat - savlat, adip - adib kabi. 2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko'ra farq qiladigan so'zlar. Masalan: qo'y - yo'q (birinchi so'z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so'zning oxirida qo'llanadi.) 3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so'zlar: o'lka - yo'lka, et-bet, sava - savat, tana - tashna, taxt - taxta, o'roq - so'roq kabi. Demak, so'zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to'rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo'ladi. Fonema so'z ma'nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal - bel -bil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.75 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.75 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga