Frazeologiya - rasmi

Material tavsifi

Frazeologiya Reja. Frazeologiya haqida umumiy ma'lumot. Frazeologik iboralarning struktura va ma'no xususiyatiga ko'ra turlari. Tayanch tushunchalar. Frazeologizmlar - tilda bir butun holda qo'llaniladigan til til birliklari. Frazeologizmlar - bir qolipda qo'llanadigan so'zlar qo'shilmasi. Iboralar - ko'chma ma'noga ega bo'lgan, obrazlilikka boy til birliklari. Frazeologizmlar ma'lum bir so'z turkumiga mos keladigan so'zlar qo'shilmasi. Nutqda ikki yoki undan ortiq so'zlarning o'zaro ma'no va grammatik jihatdan bog'lanishidan tuzilgan birikmalar qo'llaniladi. Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo'ladi. Ular bir-biridan o'ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so'zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so'z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so'zlarning ma'nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so'z birikmasi tarkibidagi so'zlar ayrim-ayrim so'zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar - zerikarli asar. SHuning uchun ular erkin so'z birikmasi deb yuritiladi. Tilda ko'p vaqt bir qolipda qo'llanaverib, bo'linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og'zi qulog'ida. Demak, so'z birikmalari ikki xil: a) erkin so'z birikmasi; b) turg'un so'z birikmasi. Turg'un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Tilda ikki yoki undan ortiq so'zdan tarkib topib, ko'chma ma'no ifodalaydigan, ma'nosi bir so'zga teng keladigan turg'un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo'ldi. Iboralarning barchasi ko'chma ma'no ifodalaydi va ularda emotsionallik so'zga nisbatan kuchli bo'ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta'sirchanligini oshiradi. Tilning iboralarni o'rganadigan bo'limi frazeologiya, iboralar yig'indisi esa frazeologizm deb yuritiladi. Iboralar o'rtasida ham o'zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo'lishi mumkin. (Qarang: -§. So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari.) Tekshirish savollari. Frazeologiya nimani o'rgatadi? Frazeologik ibora yoki frazeologizmlar deganda nimani tushunasiz? Frazeologizmlar so'zlardan qanday farq qiladi? Қaysi xususiyatlari bilan so'zga o'xshaydi? Frazeologizmlarning odatdagi so'z birikmalaridan farqi nimada? Frazeologizmlarning qanday turlari bor? Frazeologik qo'shilma haqida tushuncha bering. Frazeologik birlashmalar haqida ma'lumot bering. Misol keltiring. Frazeologik chatishma nima? Misol ayting. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. U.Tursunov. Hozirgi o'zbek adabiy tili.Toshkent. O'zbekiston. 1992. 126-141 betlar 2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. O'qituvchi. 1980. 110-118 betlar. 3. M.Mirtojiyev. O'zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29-45 betlar. 4. H.Ne'matov. R.Rasulov. O'zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O'qituvchi. 1995. 32-36, 84-105 betlar. 5. O'zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255-293 betlar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.57 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.57 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga