Grammatika o'qitish. Morfologiya o'qitish. Mustaqil so'z turkumlarini o'rganish

Grammatika o'qitish. Morfologiya o'qitish. Mustaqil so'z turkumlarini o'rganish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Grammatika o'qitish. Morfologiya o'qitish. Mustaqil so'z turkumlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Grammatika o'qitishning umumiy masalalari. Morfologiya o'qitishning ahamiyati va vazifalari. Mustaqil so'z turkumlarini o'rganish. Reja: 1.Grammatika o'qitishning umumiy masalalari. Morfologiya o'qitishning ahamiyati va vazifalari 2.So'z tarkibini o'qitish yo'llari 3.Mustaqil so'z turkumlarini o'rganish 4.So'z turkumlarini o'rganishda sathlararo bog'lanishni yo'lga qo'yish Tayanch tushunchalar Tasnif, to'plam, sathlararo bog'lanish, so'z turkumlariaro bog'lanish, morfologiya, morfologik tahlil, so'z tarkibi yuzasidan tahlil, sintaktik vazifa, morfologik xususiyat Grammatika til haqidagi fanning bir qismi, u morfologiya va sintaksisdan iborat. Grammatika o'qitish orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyati o'sib boradi, nutq madaniyati shakllanadi. O'quvchilar grammatikani o'rganish orqali adabiy til me'yorlari bilan tanishib boradilar. Grammatik bilimlar o'quvchilarning so'z boyligini oshirishga, kommunikativ savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Grammatika o'qitishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish zarur: 1.O'quvchilarning adabiy til me'yorlarini puxta egallab borishlariga 2. O'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirib borishga 3.O'quvchilar savodxonligini oshirib borishga 4.O'quvchilarda so'zlarni qismlarga to'g'ri ajrata olish, so'zning tuzilishini tushuna olish, to'g'ri gap tuza olish, matn yarata olish malakalarini shakllantirishga 5.O'quvchilarda ijodiy tafakkurni o'stirib borishga Grammatikaning tarkibiy qismlaridan biri morfologiyadir. Morfologiya so'zning shakllari, yo'llari va so'zlarning ma'lum belgilar asosida guruhlarga, ya'ni so'z turkumlariga bo'linishini o'rganadi. Maktabda morfologiyani o'qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keyingi bosqichda o'rganilgan Sintaksis bo'limini bevosita morfologiya bilan bog'langan. Chunonchi kelishik, egalik va shaxs-son qo'shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so'z va so'z brikmasi orasidagi sintaktik aloqani ta'minlovchi vosita sanaladi. Qo'shma gap sintaksisini o'rganishning bevosita yordamchi so'zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Maktabda morfologiyani o'qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo'limni o'rganishda o'z amaliy ifodasini topadi. O'quvchi mustaqil va yordamchi so'z turkumlarini o'rganishda so'zning o'z va ko'chma ma'nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma'noli so'zlarga yana murojaat qilinadi va so'z boyligini oshirish, so'zdan to'g'ri hamda o'rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda bu bo'limni o'rganishni zaruriyatga aylantiradi. Chunki morfologik prinsp orfografiyaning yetakchi prinspi sanaladi. Shunday qilib maktab morfologik kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko'zda tutadi: - o'quvchilarning so'z yasashga, so'zning yangi shakllarini hosil qilishga o'rgatish; so'z zahirasini oshirish, so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirish; - so'zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish; - imloviy savodxonlikni takomillashtirish; - gap qurish va matn yaratish malakasi ustida ishlash; DTS da ko'zda tutilgan talablar har bir mavzuni o'rganish jarayonida izchillik bilan amalga oshiriladi. So'z tarkibiga oid bilimlar 6-sinfda Morfologiya bo'limi tarkibida o'rganiladi. Dastlab o'quvchilarga So'z tarkibi haqida ma'lumot beriladi. So'z tarkibi asos va qo'shimchalardan iborat. Asos haqida, qo'shimcha haqida nazariy tushunchalar beriladi, qo'shimchalar ikki turga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.36 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.36 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga