Leksika o'qitish metodikasi

Leksika o'qitish metodikasi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Leksika o'qitish metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Leksika o'qitish metodikasi Reja: 1.Maktab ona tili kursida Leksika bo'limining tutgan o'rni va uning vazifalari 2. Leksikologiya bo'limini o'qitishda o'quvchilarning so'z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish imkoniyatlari 3. Leksikologiya bo'limini o'qitishda qiziqarli topshiriqlardan va test texnologiyasidan foydalanish 4. Leksikologiya bo'limini o'rgatishda o'quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish Tayanch tushunchalar Leksikologiya, izchil kurs, so'zning atash ma'nosi, so'zning o'z va ko'chma ma'nosi, ma'nodosh va shakldosh so'zlar, amaliy-stilistik malakalar, o'quvchilarning so'z boyligi. Leksikologiya so'z haqidagi fan bo'lib, muayyan tilda ishlatiladigan barcha so'zlar shu tilning lug'at boyligini tashkil qiladi.Tilshunoslikning bu bo'limi so'z va uning ma'nolarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Shu sababli bu bo'lim o'quvchi so'z boyligini oshirish va boyitishda katta imkoniyatga ega. Bu bo'lim 5-sinfda izchil kurs sifatida o'rgatiladi. Leksikologiyani o'rganish jarayonida so'zning atash ma'nosi, o'z va ko'chma ma'nosi, ma'nodosh, uyadosh, shakldosh, zid ma'noli so'zlar, paronimlar, tarixiy va arxaik so'zlar, yangi paydo bo'lgan so'zlar, shevaga xos so'zlar, atamalar, tasviriy ifoda va iboralar kabi hodisalar bilan tanishiladi. Maktabda leksikologiya bo'limini o'tishda ko'zlanadigan asosiy maqsad o'quvchilarni o'zbek adabiy tilining so'z xazinasiga olib kirish, ularning so'z boyligini oshirish va so'zdan to'g'ri ham o'rinli foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. Bu bo'limni o'rganishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: - so'zning shakl va ma'no qirralarini tushunish; - o'quvchilarning lug'at zahirasini yangi so'zlar bilan boyitish; - o'quvchilarda amaliy-sitilistik malakalarini takomillashtirish; - nutq uslublarini farqlashga, ayni bir narsa, voqea-hodisani oddiy, badiiy va ilmiy uslublarda bayon qilishga o'rgatish; - nutq sharoitiga mos ravishda so'z tanlash malakalarini hosil qilish; - turli lug'atlar bilan ishlash malakalarini hosil qildirish. Leksikologiya bo'limini o'qitishda o'quvchilarning so'z boyligini oshirish va nutqi ustida ishlashga alohida e'tibor bilan qaraladi. O'quvchilar duch keladigan dastlabki muammo so'zning o'z va ko'chma ma'nosidir.Darslikda berilgan ko'z, oltin, temir, quloq, og'iz singari so'zlarning birikma tarkidida (derazaning ko'zi, buloq ko'zi, oltin bosh, oltin kuz, yoki temir intizom) o'z yoki ko'chma ma'noda qo'llanayotganligini aniqlash, ularning ma'nosini qiyoslash, berilgan so'zlarni o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llab gaplar tuzish, ular aosida matnlar yaratish kabi amaliy-ijodiy ishlar o'quvchilarning so'z boyligini oshirishda, nutqini o'stirishda muhim ahamiyatga ega. Shakldosh so'zlar, mo'nodosh so'zlar, paronimlar, zid ma'noli so'zlar va uyadosh so'zlar mavzularini o'rganish ham o'quvchilar so'z boyligini oshirishga yaxshi yordam beradi. Ma'nodosh so'zlar mavzusini o'rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so'zlarni ularning ma'nodoshi bilan almashtirish, gapdagi so'zlarni ma'nodoshi bilan almashtirib, ular o'rtasidagi ma'no farqlarini izohlash, ma'nodosh so'zlarni ijobiy va salbiy bo'yoqli so'zlarga ajratish, ma'nodosh so'zlar ishtirokida matnlar tuzish kabi amaliy - ijodiy ishlardan foydalanish orqali o'quvchilar so'z boyligini oshirishga, nutqning rivojlantirishga erishish mumkin. Masalan, darslikda berilgan 506-mashqda mavjud so'zlarning ma'nodoshlarini topish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga