Maktabda orfografiya o'qitish usullari

Maktabda orfografiya o'qitish usullari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Maktabda orfografiya o'qitish usullari - rasmi

Material tavsifi

Maktabda orfografiya o'qitish usullari. Reja: 1.O'quvchilarning orfografik bilimlarini yaxshilashda orfoepiyaning ahamiyati. 2.Fonetik, morfologik va shaqliy yozuv tamoyillari asosida o'quvchilarning savodxonligini oshirish. 3.Orfografik mashg'ulotlar va ularga qo'yilgan talablar 4.O'quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda nazorat diktanti 5.Ona tili ta'limida Imlo lug'ati bilan ishlash 6.Shevaga xos xatolarni bartaraf qilish yo'llari Tayanch tushunchalar Orfografiya so'zlarning to'g'ri yozilishini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limi Fonetik yozuv - so'z va qo'shimchalar qanday aytilsa, shunday yozish Morfologik yozuv - so'z va qo'shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yozish Shaqliy yozuv - boshqa tillardan kirgan so'zlar qanday yozilgan bo'lsa, shunday yozish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagi qarori asosida o'quvchilarga imloni o'rgatish uzluksiz tarzda olib boriladi. Orfografiya tilshunoslikning fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis kabi bo'limlariga bog'liq holda o'tiladi. Bunday bog'lanish bositasida ham fonetika, morfologiya, sintaksisdan o'zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi, ham orfografik malakalar hosil qilinadi. Avvalo maktabda orfografiya o'qitish o'quvchilarga tog'ri talaffuz qilish me'yorlarini o'rgatish bilan bog'lab olib borilmog'i zarur. Ayrim so'z va qo'shimchalar bir xil talaffuz qilinadi-yu, boshqacha yoziladi (ketti-ketdi). O'qitish jarayonida bu masalaga jiddiy e'tibor berish kerak. Ko'ruv ham orfografiya o'qitishda katta ahamiyatga egadir. Odatda, talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydigan so'zlarning imlosini o'rgatishda ko'ruv mashqlaridan foydalaniladi. Yoki talaffuzi bir-biriga mos, ammo yozilishi boshqa so'zlarni aniqlashda quyidagi ish turidan foydalanish mumkin. Berilgan so'zlarning ma'nosini izohlang. Bunda imloning tutgan o'rnini tushuntiring. Xush-hush, tuzsiz-tussiz, yod-yot, xo'p-xo'b, saf-sof, bot-bod, ham-xam, yog'di-yog'du, judo-juda, sa'va-sava v.h. O'quvchilarga imloning fonetik yozuv, morfologik yozuv, shaqliy yozuv qoidalariga amal qilishini amaliy mashqlar orqali tushuntiriladi. Morfologik yozuv o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda, ayniqsa, yozilishi bilan aytilishi farq qiladigan so'zlarning imlosini tushuntirishda katta ahamiyatga egadir. Masalan, o'quvchilar ko'p hollarda o'qibsan, o'qibdi kabi fe'llarda shaxs-son qo'shimchalaridan avval kelgan -b undashi o'rniga talaffuzga qarab -p, -di o'rniga -ti yozadilar. Bunday hollarda o'qituvchi morfologik yozuvga asoslanib, b+di shakllarining qanday aytilishidan qati nazar, asliga muvofiq yozilishini ta'kidlaydi. So'z va qo'shimchalar qanday aytilsa, shunday yozilishini ta'minlaydigan fonetik yozuv qoidasini tushuntirishda ham ko'plab ijodiy-amaliy mashqlardan foydalanish mumkin. Boshqa tillardan kirgan so'zlar qanday yozilgan bo'lsa, o'sha shaklning saqlanishini taqozo etadigan shaqliy yozuv qoidasini o'quvchilarga o'rgatishda quyidagi topshiriqni berish mumkin. Quyidagi so'zlarning qaysi tillardan kirib kelganini aniqlang, ularning talaffuzi va imlosiga e'tibor bering. Fikr, zikr, taalluq, teatr, drama, trolleybus, zoologiya v.h. O'quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir tizimni va uzoq ishlashni talab qiladi. Orfografik mashg'ulotlarni uyushtirishda o'quvchilar imlo qoidalarini ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e'tibor berilishi kerak. Orfografik mashg'ulotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: so'z va qo'shimchalarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.76 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga