Nutq jarayonida tovushlarining o'zgarish xususiyatlari Reja: 1. Nutq tovushlarining kombinator o'zgarishlari: Assimilyatsiya; 2) dissimilyatsiya; 3) metateza. 2. Nutq tovushlarining pozitsion o'zgarishlari: Reduktsiya; 2) eliziya; 3) apakona; 4) proteza; 5) epenteza; 6) epiteza. Transkriptsiya (Fonetik yozuv). Tayanch tushunchalar: Kombinator o'zgarishlar. Pozitsion o'zgarishlar. Assimilyatsiya, Dissimilyatsiya Metateza Reduktsiya Emeziya Transkriptsiya. So'zlar tarkibidagi tovushlar talaffuz vaqtida yakka-yakka holda emas, ma'lum bir tartibda birikkan holda talaffuz qilinadi. Tovushlar kompleksini (tizimini) bunday birga talaffuz qilish natijasida ayrim tovushlar o'zaro bir-biriga ta'sir qiladi va bu ta'sir tovush o'zgarishiga olib keladi. Masalan, institut so'ziga o'rin-payt kelishigi affiksi -da, chiqish kelishigi affiksi -dan qo'shilganda, so'z oxiridagi t tovushi affiksidagi d undoshiga ta'sir qilib, uni t tovushiga aylantiradi: institut+da-institutta, institut+dan-instituttan kabi (yozilishi: institutda, institutdan). Bir sanoq soniga dona son affiksi -ta qo'shilganda, affiksdagi t undoshning ta'siri bilan so'zning oxiridagi r tovushi t ga o'tadi: bir-ta-bitta kabi. Fonetik o'zgarishlarning bu tipii kombinator o'zgarish deb yuritiladi. So'z tarkibidagi tovushlar nutq jarayonida bir-biriga ta'sir qilmagan holda ham o'zgarishga uchrashi mumkin. Bunda tovushning so'z tarkibidagi o'rni (qanday tartibda joylashganligi); so'zning boshida yoki oxirida, urg'uli yo urg'usiz bo'g'inda kelishi muhim rol o'ynaydi. Masalan, odob, javob, niqob, maktab so'zlari oxirida kelgan b jarangli undosh talaffuzda jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi; negativ, normativ pozitiv, operativ kabi ruscha-internatsional so'zlarning oxirida kelgan v jarangli undosh jarangsiz f tarzida; oktyabr, olimpiada kabi ruscha-internatsional so'zlarning urg'usiz bo'g'inida kelgan o unlisi esa a tarzida talaffuz qilinadi. Nutq tovushlarining bunday o'zgarishi pozitsion o'zgarish deb yuritiladi. Demak, nutq tovushlarining o'zgarishi ikki turga bo'linadi: kombinator o'zgarishlar; pozitsion o'zgarishlar. Bunday hodisalarning sodir bo'lishiga nutqda ixchamlikka intilish, bo'g'inda urg'uning tushishi yoki tushmay qolishi, shoshilib talaffuz qilish, boshqa tillardan o'tgan so'zlarni talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar sabab bo'lishi mumkin. So'z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga o'zaro ta'siri natijasida ro'y beradigan tovush o'zgarishi (fonetik o'zgarish) kombinator o'zgarish deyiladi. Bunga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalari kiradi. Assimilyatsiya hodisasida tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o'ziga aynan yoki qisman o'xshatib oladi. Masalan, xat-ni - xatti (o'zakdagi t tovushi affiks tarkibidagi n ni aynan o'ziga o'xshash tovush - t ga aylantiradi (yozilishi: xatni); ish+ga - ishka (bunda o'zakdagi jarangsiz undosh sh affiks tarkibidagi jarangli undosh g ni o'ziga qisman o'xshatadi, ya'ni jarangsiz k ga aylantiradi, yozilishi ishga). Shunga ko'ra assimilyatsiya ikki xil bo'ladi: 1) to'liq assimilyatsiya; 2) to'liqsiz assimilyatsiya. So'z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni aynan o'zi kabi tovushga aylantirishi to'liq assimilyatsiyadir: to'k+gan-to'kkan, et+di-etti, siz+ni-sizzi, ish+ni-ishshi, tuz+ni-tuzzi, (yozilishi: etdi, sizni, ishni, tuzni). Bunda tovushlar moslashadi. So'z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni o'ziga qisman o'xshatib ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.16 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.16 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc