Nutq o'stirish metodikasi Reja: 1.O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish ona tili o'qituvchisining asosiy vazifasi. 2.O'quvchilar nutqiga qo'yilgan asosiy talablar. 3.O'quvchilar nutqini o'stirishda qo'llanadigan amaliy tadbirlar 4.Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi Tayanch tushunchalar 1.Og'zaki nutq odatdagi tovushli so'zlashuv nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq ohang va turli imo - ishoralar bilan ifodalanadi. 2.Yozma nutq harf va so'zlarning ma'lum qonuniyat asosida o'zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlari: abzaslar, paragraflar orqali voqelanadi. 3.Ichki nutq odamning o'z ichida gapiradigan passiv nutqi bo'lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. 4.Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo'lgan faol nutqdir. Inson nutq yordamida o'zining fikrlari, his-tuyg'ulari, istaklaririni bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg'ulari, istaklarini anglab yetadi. Nutq og'zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq odatdagi so'zlashuv nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq ohang va turli imlo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar, qo'shma gaplar deyarli qo'llanmaydi. Yozma nutq tuzish esa murakkabroq jarajon bo'lib, u o'quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rinida to'g'ri qo'llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o'qitiladigan barcha o'quv fanlari o'quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo'ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi. O'quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri ham muttasil o'sib boradi. Ravon, ixcham, ta'sirli nutq tinglovchiga huzur bag'ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o'z o'quvchilarini ana shunday so'zlashga o'rgatishdir. Maktab o'qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili o'qituvchisining vazifasi o'quvchilar nutqidagi nuqsonlarning oldini olib, nutqini sheva ta'siridan, har xil vulgar so'zlar ta'siridan tozalash va adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda so'zlashga o'rgatishdir. O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1.Nutqning nutq sharoitiga mosligi. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so'zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so'zlovchi bitta, tinglovchi ko'p bo'lsa, so'zlovchining baland ovozda to'xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog'liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o'ziga xos ko'rinishi o'quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma'lum bir mavzuni sinfda, biror yig'inda ochib berishdagi nutqida o'z aksini topadi. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so'zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir. 2.Nutqning mazmundorligi O'quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda uning o'zi bilgan va xabordor bo'lgan voqea-hodisalarni og'zaki va yozma shakllarda bayon qilsagina mazmunli bo'ladi. Aniq dalillar, o'quvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his-tuyg'ulari asosida yuritgan fikrlari o'zgalar diqqatini o'ziga tortadi. 3.Nutqning mantiqan tog'ri, aniq va izchil bo'lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo'lsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.21 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc