Nutq tovushlarining tasnifi. Unli tovushlar

Nutq tovushlarining tasnifi. Unli tovushlar

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Nutq tovushlarining tasnifi. Unli tovushlar - rasmi

Material tavsifi

Nutq tovushlarining tasnifi. Unli tovushlar Reja: Hozirgi o'zbek adabiy tilining unli tovushlari Unli tovushlarning tasnifi Tayanch tushunchalar: Lablar ishtiroki- unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki. Tilning vertikal (tik) harakati- undoshlar artikulyatsiyasida tilning tanglay tomon ko'tarilishi. Tilning gorizontal (yotiq) harakati- fonemalar artikulyatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho'zilishi yoki orqaga tortilishi. Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo'lishida o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda esa o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shlig'ida turli to'siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo'ladi. 2) unli tovushlarni cho'zib talafuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho'zib talaffuz qilib bo'lmaydi. 3) unli tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin. Har bir til o'zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O'zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o', e) uch tomondan tasnif qilinadi: 1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra; Og'iz bo'shlig'ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal harakatiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) old qator unlilar: a, e, i; 2) orqa qator unlilar: o, o', u. 2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko'ra; Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og'izning ochilish darajasi har xil bo'ladi. Chunonchi, i, u unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning uchun ham og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; aksincha, a, o tovushlarini hosil qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan tanglay o'rtasidagi oraliq keng bo'ladi; e, o' tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo'ladi. Ko'rinadiki, tilning vertikal harakati og'izning ochilish darajasini (tor, keng, o'rta keng) belgilaydi. SHuning uchun unlilar tilning vertikal harakati (yoki og'izning ochilish darajasi)ga ko'ra uch guruhga bo'linadi: 1) yuqori tor unlilar: i, u; 2) o'rta keng unlilar: e, o'. 3) quyi keng unlilar: a, o. 3. Lablarning ishtirokiga ko'ra. Unlilar talaffuzida lablarning roli ham kattadir. Ayrim unlilar talaffuzida lablar albatta qimirlaydi, ya'ni ular doira shaklini oladi, ayrimlarida esa nisbatan kam qimirlaydi. SHunga ko'ra unlilar ikki guruhga bo'linadi: 1) lablangan unlilar: u, o', o; 2) lablanmagan unlilar: i, e, a. Unli tovushlar tasnifini quyidagi jaldvalda aks ettirish mumkin: Ayrim unli tovushlar tavsifi I ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.09 KB
Ko'rishlar soni 284 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga