Nutqning asosiy fonetik birliklari

Nutqning asosiy fonetik birliklari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Nutqning asosiy fonetik birliklari - rasmi

Material tavsifi

Nutqning asosiy fonetik birliklari Reja: 1. Fraza - nutqning asosiy fonetik birligi sifatida 2. Takt - frazaning bir qismi 3. Fonetik so'z haqida 4. Bo'g'in, uning turlari, tuzilishi 5.Urg'u, uning turlari 6.Tovush Tayanch tushunchalar: 1.Urg'u. 2.Leksik urg'u. 3.Logik urg'u. 4.Erkin urg'u. 5.Bog'liq urg'u. 6.Bo'g'in. 7.Fonetik so'z. 8.Takt 9.Fraza. Inson nutqi uzluksiz va to'xtovsiz davom etadigan tovushlar oqimidan iborat emas. U turlicha hajmdagi intonatsion birliklarni o'z ichiga oladi. Fraza, takt, fonetik so'z, bo'g'in, tovush ana shunday fonetik birliklardir. 1. Fraza nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. U intonatsion va fikriy tugallikka ega bo'lganligi uchun ko'pincha gapga teng keladi. Masalan: Dunyoda boladan aziz narsa yo'q Bo'lmaydi Bolalar - kelajagimiz (Y. Hakimali). Bu nutqiy parchada uchta fraza bor. Frazalar hajm jihatidan har xil bo'lib, ular bir, ikki, uch va undan ortiq so'zdan tashkil topishi mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan misoldagi birinchi fraza beshta, ikkinchisi bitta, uchinchisi ikkita so'zdan tashkil topgan. Yana qiyoslang: Ularning uyi qishloqning eng chekkasida, hovlilari baland tog'ning shundoqqina etagida. Bahavo. Bog'larining ortidan shovullab soy o'tadi. (To'lqin). 2. Takt frazaning bir qismi bo'lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi. Buning tarkibidagi so'z yoki so'zlar bir bosh urg'u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Dunyoda xushfe'l, olijanob, hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar juda ko'p (O.Husanov). Bu fraza tarkibida 6 ta takt bo'lib, birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi taktlar bir so'zdan, to'rtinchi takt olti, oltinchi takt esa ikki so'zdan tashkil topgan. Fraza ba'zan bir taktga teng bo'ladi. Masalan, Kech kuz edi. Qo'qqisdan qorasovuq boshlanib, cho'ponlarni tashvishga solib qo'ydi (M.Qoriyev). Bunda birinchi fraza - Kech kuz edi bir taktga tengdir. 3. Fonetik so'z o'z urg'usiga ega bo'lgan so'z yoki bir urg'uga birlashadigan (bir urg'u bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq shakl-so'zlardir. Takt tarkibidagi fonetik so'zlar soni undagi so'zlarning umumiy miqdori bilan emas, urg'uli so'zlar miqdori bilan belgilanadi, ya'ni takt ichida urg'uli so'z qancha bo'lsa, fonetik so'z ham shuncha bo'ladi: Dashtda odam aqli shoshadigan buyuk ishlar qilinadi (Y.SHamsharov). Bu fraza tarkibida to'rtta takt bo'lib, birinchi taktda bitta, ikkinchi taktda uchta, uchinchi taktda ikkita, to'rtinchi taktda esa bitta fonetik so'z qatnashgan. Bu frazadagi so'zlarning umumiy soni fonetik so'zlarning umumiy soniga teng. Mustaqil urg'uga ega bo'lmagan yordamchi so'zlar o'zlari tobe bo'lgan mustaqil so'z bilan birga bir urg'uga ega bo'ladi va bir fonetik so'zni tashkil etadi: Dilda saqlangan adovat temir zangiga o'xshaydi, zang temirni egani kabi, adovat qalbni azob ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 502 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 502 marta
Ko'chirishlar soni 77 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga