Omonimlar (shakldoshlik)

Omonimlar (shakldoshlik)

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Omonimlar (shakldoshlik) - rasmi

Material tavsifi

Omonimlar (shakldoshlik) Reja 1. Omonimiya va uning yuzaga kelish sabablari. 2. Leksik va grammatik omonimiya. 3. Omografiya, omofoniya va omoforma hodisalari. Tayanch so'z va iboralar. 1. omonim 11. frazeologik omonimiya 2. omonimiya 12. lug'aviy omonim 3. omoleksema 13. polisemiya 4. shakldoshlik 14. monosemiya 5. omografiya 15. paradigmatika 6. omofoniya 16. sintagmatika 7. to'liq omonimlar 17. simmetriya 8. noto'liq omonimlar 18. assimmetriya 9. grammatik omonimlar 19. ot omonimlar 10. omoforma 20. fe'l omonimlar Foydalanilgan adabiyotlar. 1. U.Tursunov. Hozirgi o'zbek adabiy tili.Toshkent. O'zbekiston. 1992. 126-141 betlar 2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. O'qituvchi. 1980. 110-118 betlar. 3. M.Mirtojiyev. O'zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29-45 betlar. 4. H.Ne'matov. R.Rasulov. O'zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. Toshkent. O'qituvchi. 1995. 32-36, 84-105 betlar. 5. O'zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255-293 betlar. 6. SH.Rahmatullayev. O'zbek tili omonimlarining izohli lug'ati. Toshkent. O'qituvchi. 1984 3-15 betlar. Omonimiya va uning yuzaga kelish sabablari Tildagi barcha so'zlarning yig'indisiga, so'z jamg'armasiga vokabulyar deyiladi. Har bir tilning vokabulyaridan munosib o'rin tutgan so'zlar doimiy ravishda birbirlari bilan paradigmatik (o'xshashlik) va sintagmatik (qo'shnichilik) munosabatlarda bo'lib turadi. SHunga ko'ra ularni bir necha guruhga bo'lib yuborish mumkin. So'zlar aytilishi, yozilishi va ma'nosi jihatidan turlicha guruhlarga birlashishi qonuniy sanaladi. SHulardan biri omonimiya (shakldoshlik) hodisasidir. Aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma'nosiga ko'ra bir biridan keskin farqlanib turadigan so'zlarga omonimlar deyiladi. Bu so'z grekcha homos-bir xil, onuma-nom so'zlaridan olingan. So'zlardagi shakldoshlik hodisasiga omonimiya deyiladi. Omonimlarda tubandagi ikki jihat uni boshqa shakldoshlik hodisalaridan keskin farqlab turadi. 1.Akustik artikulyatsion tomondan omonim so'zlar bir xil xossaga ega bo'ladi, ya'ni o'xshash talaffuz qilinadi va eshitiladi. Masalan: qirq (son) - qirq (harakat), uch (coat)-uch (harakat), ot (nom) -ot (hayvon) -ot (uloqtir) kabi. 2. Grafik jihatdan ham ular bir xil tizimga ega kul (ot) -kul (harakat), yon (tomon)-yon (yonmoq) fe'lining buyruqistak mayli) va hokazo. Bunday omonimlarga haqiqiy yoki to'liq omonimlar deyiladi. Lug'aviy omonimiya lug'aviy birliklarning ifoda planida o'zaro birbiriga teng kelishi sanaladi. Ifoda plani teng leksemalar esa omoleksemalar atamasi bilan yuritiladi: o't (olov)-o't (maysa), tut (daraxt) -tut (ushla), quloq (organizm)-quloq (mushtumzo'r) kabi. SHuningdek, grammatik omonimlar ham farqlanadi. Masalan chi (so'z yasovchi qo'shimcha), chi (yuklama), ma (ot yasovchi qo'shimcha), ma (shakl yasovchi qo'shimcha). Leksik omonimiya hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin. 1. Ko'p ma'noli so'zning ayrim ma'nolari o'rtasidagi aloqadorlik yo'qolib, ular shakldosh so'zlarga aylanib qolishi mumkin. Masalan: dam, tepki, suzmoq kabi. 2. Boshqa tillardan kirgan so'zlar o'zbek tilidagi so'zga o'xshash bo'lib qolishi kuzatiladi. Masalan: bog' (o'zbekcha: tug'ilgan narsa, to'plash)-bog' (tojikcha: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.59 KB
Ko'rishlar soni 317 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga