Ona tili darslarida qo'shma so'zlarni o'rgatish

Ona tili darslarida qo'shma so'zlarni o'rgatish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Ona tili darslarida qo'shma so'zlarni o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Ona tili darslarida qo'shma so'zlarni o'rgatish. Qo'shma so'z nima? Qo'shma so'z o'zi nima? Qo'shma so'z deganda birdan ortiq asos negizlarning birikuvidan tashkil topib, bir leksik ma'noni ifodalaydigan so'zlar tushunilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi, - deydi A.Hojiyev. Qo'shma so'zning ko'pi tashqi tomondan «aniqlovchi-aniqlanmish» qolipidagi so'z birikmasiga o'xshaydi, hatto shunday omonimik hollar ham borki, shu shakldagi kompleksning qo'shma so'z mi yo so'z qo'shilishimi ekanligi turli vositalar orqali aniqlanadi: bunda semantik-grammatik, intonatsion vositalar farqlovchilik rolini o'ynaydi. Har holda omonimik ko'rinishlar ham to'la, aniq ajralib turish xususiyatiga ega bo'ladi. Masalan, qora qovun: so'z birikmasi va qo'shma so'z: qora tusdagi qovun va qovunning bir turi. Qiyoslang: baribir kompleksi hozirgi tilda - bir so'z(leksikalizatsiya). Lekin u aslda (shuningdek, hozirgi tilda ajratilgan holda qo'llangan o'rinlarda) ikki so'zdir: bari (ega), bir (kesim). Birinchi holatda, tabiiy bir so'z- ikki o'z ak morfemaning birikib ketishidan tug'ilgan bir so'z sanaladi, lekin u, genetik jihatdan qaraganda, grammatik aloqaga kirishgan ikki mustaqil so'z dir. Qo'shma so'z bir butun leksik ma'no - bir murakkab tushuncha va yaxlit shakllanish - grammatik strukturasining ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan xarakterlanadi: demak, u bir so'zdir, uning komponentlari - qismlari orasida grammatik aloqa yo'q (lekin semantik aloqa bor), u har qanday so'z qo'shilmasida - gapda, so'z birikmasida - bir sintaktik funksiyani bajaradi. Qo'shma so'z, sodda so'zlar kabi, tilning bir birligi bo'lib, undan nutqda har gal tayyor leksik material sifatida foydalanamiz, so'z birikmasi esa bunday tayyor hodisa emas: u nutq protsessida ma'lum qoidalar asosida hosil qilinadi. So'z birikmasidagi har bir komponent, mustaqil so'z o'zaro grammatik aloqaga kirishgan bo'ladi, demak, bu sintaktik hodisadir. Masalan, paxtaning guli: aniqlovchi + aniqlanmish. So'z birikmasi bilan qo'shma so'z orasidagi fonetik farqlanish sezilarli, jiddiy xarakterga ega emas: odatda, fonetik yaxlitlanish so'z birikmasida ham, qo'shma so'zda ham, asosan, bir tusda bo'ladi: yosh bola va tosh bodom komplekslarini qiyoslang. Qo'shma so'zlarda ham yasalganlikning umumiy belgilari - chog'ishtirishdagi semantik va shakll bog'lanish saqlanadi, lekin bu aloqa turli sabablar natijasida (masalan, fonetik o'zgarish natijasida) sezilmas holga kelishi ham mumkin (soddalanish hodisasi): tog'olcha: to-g'ol-cha - tog'-olcha - tog' olucha, og'ayni - og'a-ini, qayni - qayini - qayin-ini, bugun - bu kun, achchuchuv - achchiq-chuchuv - achchiq-chuchuk (asli - juft so'z , bir xil salat, shakarob ma'nosida), bu hodisa jonli so'zlashuvda ko'proq uchraydi. Qo'shma so'zning bir turi tug'ilish jihatidan so'z birikmasi bilan aloqador, lekin ko'pi mavjud qo'shma so'zlarga analogiya yo'li bilan, qo'shma so'zning tayyor modeliga qarab hosil qilingan. Shuning uchun uni so'z birikmasidan farq qiladigan belgilari doirasida quyidagilarni ko'rsatish o'rinli: 1. So'zbirikmalari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.01 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.01 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga