Ona tili darslarida taqqoslash usulini qo'llash yo'llari

Ona tili darslarida taqqoslash usulini qo'llash yo'llari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Ona tili darslarida taqqoslash usulini qo'llash yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Ona tili darslarida taqqoslash usulini qo'llash yo'llari Reja: Taqqoslash - olamni bilish usullaridan biri sifatida. Taqqoslash usulini tilning barcha sathlarini o'qitishda qo'llash mumkin ekanligi. So'z turkumlarini o'rganishda taqqoslash usulidan foydalanish. Ona tili ta'limida taqqoslashning bosqichli ketma-ketlik usulidan foydalanish. Xulosa Tayanch tushunchalar: taqqoslash usuli, olamni bilish usuli, induksiya, xususiylik, umumiylik, tahlil, farqlar, bosqichli ketma-ketlik Biz tabiat va jamiyatdagi ko'plab narsa, hodisalarni bir-biriga taqqoslash orqali o'rganamiz. Shu ma'noda taqqoslash bilish usullaridan biri sanaladi. Bu usul ta'lim jarayonida ham keng qo'llanadi. Ona tili ta'limida taqqoslash usulining keng qo'llanishi ona tili o'qitishga induktiv metodning asos qilib olinishi bilan bog'liq. Ma'lumki, induksiya asosida ta'lim berish xususiylikdan umumiylikka, tahlillardan xulosalarga borish usulidir. Ta'lim jarayonida o'quvchilar e'tiboriga ko'plab misol va mashqlar havola qilinadi. O'quvchilar ularni berilgan topshiriqlar asosida tahlil qiladilar. Til hodisalarini tahlil qilish jarayonida taqqoslash muhim o'rin tutadi. O'quvchilar berilgan hodisalarni, til materiallarini bir-biriga qiyoslaydilar. Qiyoslash asosida bir-biriga yaqin yoki o'xshash hodisalarning umumiy hamda farqli tomonlarini aniqlaydilar. Bu esa o'rganilayotgan hodisa haqida to'g'ri, chuqur va asosli xulosa chiqarishga yordam beradi. Taqqoslash usulidan tilning barcha sathlarini o'qitishda foydalanish mumkin. Fonetika bo'limida nutq tovushlarini, so'z tarkibini o'rgatishda so'zning ma'noli qismlarini, leksikologiya bo'limida so'zlarni, morfologiya bo'limida so'z turkumlarini va grammatik shakllarni, sintaksisda esa so'z birikmalarini, gaplarni va matnlarni qiyoslab o'rgatish imkoniyatlari mavjud. Asosiy masala o'qituvchining dars jarayoniga shu usulni qaytarzda olib kira olishiga bog'liq. Tildagi ko'plab hodisalar taqqoslashga asoslangan ijodiy amaliy topshiriqlar orqali o'quvchining shaxsiy faoliyat mahsuliga aylanadi. Jumladan, 8-sinfda So'z birikmasi mavzusiga oid tushunchalarni shu asosda o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Darslikda shu mavzuga oid So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi, So'z birikmasi va so'z, So'z birikmasi va ibora, Tasviriy ifoda, So'z birikmasi va qo'shma so'zlar, So'z birikmasi va gap kabi mavzular berilganki, o'quvchi ularni faqat qiyoslab o'rganish asosidagina so'z birikmasi haqida mukammal xulosa chiqara oladi. Shulardan So'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi mavzusining o'rganilishini ko'rib chiqaylik. Mavzuga oid quyidagicha ijodiy amaliy topshiriqlar berilgan: 29-mashq. 1-topshiriq. Berilgan juftliklarni qiyoslab, ular orasidagi farqni izohlang. 1) Karimjonning akasi - Karim va akasi; 2) Mening otam - men bilan otam; 3) Gazetadagi maqola - gazeta va maqola; 4) Opasining qizi - opasi va qizi. O'quvchilar berilgan juftliklar bilan tanishadilar, ularni kuzatadilar. Shundan so'ng o'qituvchi ular bilan quyidagicha suhbat o'tkazadi: O'qituvchi. Berilgan juftliklarning o'xshash tomoni nimada ko'rinadi? O'quvchi. Juftlikning har ikki qismidagi birliklar ikki so'zdan tashkil topgan. O'qituvchi. Juftliklardagi birliklarning farqli tomonlari qaysilar? O'quvchi. Juftliklarning chap tomonida berilgan birliklarda so'zlar o'zaro kelishik qo'shimchalari va ohang yordamida bog'langan. O'ng tomondagi birliklar tarkibidagi so'zlar esa teng bog'lovchilar va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.63 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.63 KB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga