Ona tili darslarining maqsadga ko'ra turlari. Ona tili o'qitish metodlari Reja: 1.Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari 2.O'tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari 3.Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari 4.Bilim va malakalarni tekshirish darslari 5.Ona tili o'qitish metodlari Tayanch tushunchalar Dars tiplari, mustahkamlash, malaka hosil qilish, umumlashtirish, tekshirish, metod. Ona tili darslari madsadga ko'ra to'rt tipga ajratiladi: yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash, o'tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari ta'lim jarayonining eng ko'p qismini ishg'ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so'z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o'quvchilarga o'rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o'zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi: -o'rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash; -mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; -o'rganilgan bilimni qayta xotirlash yo'lini, uni amaliyotda qo'llash usulini egallash. Yangi bilimlarni o'rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o'rgatish ko'zda tutilgan. Ma'lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi. Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi: Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o'xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O'n - beshdan katta. O'qimoq - o'rganmoq. To'g'ri o'zadi, egri to'zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so'z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so'roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta'rifi keltirib chiqariladi. Yangi materialni tushuntirishda o'quvchilarning oldin o'rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o'quv materialini puxta o'zlashtirishga zamin hozirlaydi. O'rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari o'z ichida ikki turga bo'linadi: 1.O'tilganlar takrorlangach, yangi o'quv materialini o'rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o'rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta'riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o'tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o'quv materiali bayon qilinadi. 2.Yangi o'quv materialini o'rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o'quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O'quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o'tkaziladi. O'quvchi o'quvchilarning xulosalariga, zarur bo'lsa, o'zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o'tiladi. O'tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. Ona tilidan o'rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko'p jihatdan, o'qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog'liq. Bunday darslarda o'quvchi oldin o'rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o'quvchi o'zi o'rgangan qoida asosida faoliyat ko'rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.08 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.08 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc