Ona tili ta'limi jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar Reja: Didaktik o'yin tushunchasi va uni qo'llashdan maqsad. Didaktik o'yin turlari Ayrim didaktik o'yinlar sharhi Ona tili darslarida didaktik o'yinlarin qo'lash bilan bog'liq ishlanmalar, tavsiyalar. Tayanch tushunchalar: ta'lim jarayoni, didaktik o'yin, o'zaro bog'lovchi o'yinlar, rag'batlantiruvchi o'yinlar, yakunlovchi o'yinlar, innavasion metod. Ta'lim jarayoni, uni rivojlantirish va o'zgartirish o'qituvchi va sinf o'quvchilarining o'zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo'ladi. Dars davomida didaktik o'yinlardan foydalanilsa, o'quvchilarning ona tili darslariga bo'lgan qiziqishlari ortadi hamda ularning nutqiy ko'nikmalari rivojlantiriladi. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan o'yinlar qisqa vaqtga mo'ljallangan bo'lib, bular orqali o'quvchilar guruh bo'lib mashq qilishga odatlantiriladi. O'yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta'lim ishtirokchilarning diqqati ishga (ta'lim jarayoniga) to'liq jalb etiladi. O'yinlar vositasida o'quvchilarga yangi bilimlar berish. ko'nikma hosil qilish, kichik guruhlar a'zolarining ijodiy qobiliyatlarii rag'batlantirish mumkin. O'yinlarni maqsadiga ko'ra etti to'rga ajratish mumkin. Guruh bo'lib ishlash uchun sog'lom muhit tashkil etishga qaratilgan o'yinlar. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga qaratilgan o'yinlar. Guruhlarning birligini qo'llab-quvvatlovchi o'yinlar. O'zaro bog'lovchi o'yinlar. Rag'batlantiruvchi o'yinlar. Ijodkorlikka da'vat etuvchi o'yinlar. Yakunlovchi o'yinlar. Dunyoga boshqacha ko'z bilan qarash ta'limda innovasion metodlarni ko'llashga yordam beradi. Katta mavzularni o'rganishni yakunlash, egallagan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ta'lim jarayonida qo'llanilgan har bir o'yin yakunida o'qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o'yin guruh a'zolari tomonidan qanday g'oyalar tug'dirganini sharhlashga e'tibor beriladi. Quyida ona tili darslarida qo'llanishi mumkin bo'lgan ayrim o'yinlar xususida so'z yuritamiz. «So'zdan-so'z» o'yini. Bu o'yin ta'lim jarayonida bir necha yillardan beri qo'llanib kelmoqda. Bu o'yinda bir so'zdan bir necha so'zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o'yin turi o'quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o'yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma'lum bir mavzuga bog'liq holda o'tkazish yo'llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so'z tarkibidagi harflarning turli kombinasiyasidan foydalanib, bir necha so'zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o'yinni ma'lum bir mavzu bilan bog'liq holda o'tkazsa ham bo'ladi. «So'zdan-so'z» o'yinidan tilning barcha sathlarini o'qitishda foydalanish mumkin. Leksikologiya bo'limida shakldosh, zid ma'noli so'zlar mavzularini o'rganishda bu o'yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o'qituvchi shakldosh yoki zid ma'noli so'zlarni keltirib chiqarish mumkin bo'lgan so'zlarni tanlay bilishi va shunday keyin uii o'quvchilar e'tiboriga havola qilishi lozim. Omonim (shakldosh) so'zlar mavzusi o'rganilgach, o'quvchilarga quyidagi so'zlarni berish va ulardan shakldosh so'zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi. Mustaqill, ishtirokida, sayozliklardai. Mustaqil so'zidan qil (qilmoq fe'li, sochning qili), til (tilmoq fe'li, tana a'zosi nomi), ishtirokida so'zidan tor (cholg'u asbobi, sifat turkumiga xos so'z), kir (kirmoq fe'li, sifat turkumiga xos so'z), ot (ism, hayvon nomi, ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc