Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Ona tili to'garagi va unga rahbarlik qilish. Ona tili kabineti, uning jihozlanishi. Ona tili fanidan o'tkaziladigan tadbirlar. Reja: 1.Ona tili to'garagi va uni tashkil qilish 2.Maktabda ona tili kabineti va uning jihozlanishi 3.Ona tili fanidan o'tkaziladigan turli tadbirlar 4.Olimpiadalarni o'tkazish tartiblari haqida. Tayanch tushunchalar 1.Sinfdan tashqari ishlarning ta'limiy ahamiyati - o'quvchilarga qo'shimcha bilim, malaka va ko'nikmalar berish. 2.Tarbiyaviy ahamiyati - o'quvchilarning ijodiy faoliyat ko'rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash. 3.Sinfdan tashqari ish turlari - savol-javob kechalari, ko'rik-tanlovlar, mushoiralar, so'zlar olamiga sayohat, konferensialar, albom va devoriy gazetalar chiqarish. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko'zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to'garak mashg'ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan tadbirlarga kiradi. To'garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo'lib, u o'quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko'radi. To'garakka a'zo bo'lish ixtiyoriy, ammo uning mashg'ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to'garagining a'zolari soni 12-15 o'quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo'lsa, mashg'ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo'lmasa, to'garak a'zolari bitta sinfdan iborat bo'lishi ham mumkin. To'garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, Ona tilim - jonu dilim, Til - dil kaliti, O'zbek tili davlat tili v.h. Mashg'ulot 15 kunda bir marta o'tkazilgani ma'qul. Quyida to'garak mashg'ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz: 5-sinflar uchun birinchi mashg'ulot 1.To'garakka nom qo'yish. O'quvchilarni to'garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. To'garak bizga nima beradi? mavzuida suhbat. 2.O'quvchilardan til odobi, so'zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so'rash va mazmunini sharhlash. Topshiriqlar: 1.Til odobi va so'zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig'ish va ularning ma'nolarini aniqlash. 2.To'y-tomoshalarni ifodalovchi so'zlar lug'atini tuzish va ularning ma'nolarini sharhlash. To'garak mashg'uloti dars mashg'ulotini takrorlamaydi, balki uni to'ldiradi va takomillashtiradi. Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so'zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o'quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo'lishi, o'quv-metodik majmuani o'zida mujassamlashtirishi lozim. Ona tili kabinetida ish qog'ozlaridan namunalar bo'lsa, o'quvchilar uchun ancha foydali bo'ladi. Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o'quv-tadrisiy qo'llanmalar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berishi lozim. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o'tkir zehnlilar mushoirasi, so'zlar olamiga sayohat, ko'rik-tanlovlar o'tkazish kabilar kiradi. Savol-javob kechasida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O'quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o'zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo'lishi mumkin. ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.75 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.75 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc