O'quvchilarga juft so'zlarning hosil bo'lishi va imlosini o'rgatish

O'quvchilarga juft so'zlarning hosil bo'lishi va imlosini o'rgatish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
O'quvchilarga juft so'zlarning hosil bo'lishi va imlosini o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarga juft so'zlarning hosil bo'lishi va imlosini o'rgatish 6-sinf Ona tili darsligida Juft fe'llar (61-dars), Juft va takroriy otlar imlosi (88-dars), Juft sifatlar va ularning imlosi (121-dars) mavzulari mavjud. 7-sinf Ona tili darsligida Juft va takroriy olmoshlar. Ularning imlosi (24-dars) ularning imlosi (121-dars) mavzulari aks etgan. Mavzuga 3 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan. Kitobdagi 93-mashq o'quvchilarni mustaqil fiklashga o'rgatadi. Unning shartida Mustaqil O'zbekiston ramzlari haqida o'ylar mavzusida matn tuzish topshirilgan. 6-sinf Ona tili darsligining 88-darsi juft va takroriy so'zlar imlosiga bag'ishlangan. 261-mashq shartiga ko'ra juft so'zlarning ikkinchi qismini topish so'ralgan: savdo-, tevarak- va h. Bu yerda o'quvchilarning topqirligi sinovdan o'tkaziladi. Shu xil misollarni sinfni kichik guruhlarga bo'lgan holda musobaqa tarzida davom ettirish mumkin. Juft so'zlar tuzilishiga ko'ra ikkilanish yo'li bilan yasalgan so'zlarga ancha o'xshasa ham, aniqlovchilik tipidagi qo'shma so'zlardan bir qancha tomonlari bilan ajralib turadi: 1. Juft so'zning komponentlari orasidagi grammatik aloqa, bog'lanish, aslda, tenglanish bo'lib (qiyoslang: tog'-tosh: tog'u tosh, tog' va tosh), aniqlovchili qo'shma so'zlarda tobelanishdir. 2. Aniqlovchili qo'shma so'z da komponentlarning tartibi, odatda, grammatik rol' o'ynaydi: ularning bir modelning o'z doirasida o'rin almashtirishi grammatik holatni o'z gartiradi (masalan, osh qovoq: aniqlovchi+aniqlanmish - qovoq osh: aniqlovchi + aniqlanmish); juft so'zlarda esa bu hodisa uchramaydi (uning komponentlari grammatik jihatdan bir xil holatda bo'ladi): juft so'zlarda ba'zan komponentlar grammatik va semantik holatlarni saqlagan holda o'rin almashtira oladilar (go'sht-yog' - yog'-go'sht kabi). Ularning o'rin almashtirishlari mumkin bo'lmasa, uning sababi semantik yo boshqa xarakterda bo'ladi, lekin grammatik xarakterda bo'lmaydi. 3. Urg'u jihatidan ham farqlanadi: oxirgidan boshqa komponentda ikkinchi darajali urg'uning bo'lish holati ko'proq juft so'z da uchraydi (qiyoslang: qovun poliz - qovun-tarvuz). Umuman, fonetik birikish, zichlik, yaxlitlanish nisbatan juft so'z da kuchsiz bo'ladi. 4. Komponentlarning material-kategorial turi jihatidan ham farqlanadi: juft so'zning komponentlari so'zturkumi jihatidan, odatda, bir xil bo'ladi: ot+ot (yoki ot vazifasida qo'llangan boshqa so'z ), sifat+sifat kabi. 5. Komponentlarning har jihatdan birikishi - payvand bo'lib ketishi juft so'zlardagiga qaraganda «aniqlovchili qo'shma so'z »larda kuchli. Juft so'zning komponentlari so'zo'z gartuvchi affikslarni ayrim-ayrim olish holatiga ham ega (ota-onasi: otasi-onasi). Ba'zi tiplarda bu affiksning har ikki komponentga ayrim-ayrim qo'shilishi shart. Bu bilan u qismlarning nisbatan ayrimligi kuchayadi. Ba'zi hollarda bu shakldagi kompleks «aniqlovchili qo'shma so'z » ham, juft so'zham bo'lishi mumkin. Bu semantik, kontekstual va intonatsion xususiyatlarga qarab aniqlanadi. Misollar: 1. Kuyov o'g'il (Seni kuyov o'g'il qilamiz (Fozil Yo'ldosh): Ug'il deb qabul qilingan kuyov (aniqlvchili qo'shma so'z ) kuyov-o'g'il (juft so'z ). 2. Jo'ja xo'roz (kichik xo'roz) - jo'ja-xo'roz (juft ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.27 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga