O'quvchilarga juft va takroriy so'zlarni o'rgatish

O'quvchilarga juft va takroriy so'zlarni o'rgatish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
O'quvchilarga juft va takroriy so'zlarni o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarga juft va takroriy so'zlarni o'rgatish. Juft so'z nima? U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlar tonmonidan tuzilgan darslikda Ikki so'zni juft keltirish yoki bir so'zni takrorlash orqali juft so'zlar yasaladi; Juft otlarga yaqin turuvchi takroriy otlar ham bor; Juft so'zlar o'z ma'no xususiyatlariga ko'ra qo'shma so'zga yaqin turadi. Shuning uchun ular qo'shma so'zlar bilan birga o'rganiladi, -deb ko'rsatadilar. V.V.Reshetov, B.Madaliyev, A.Ho'jiyev kabi tilshunoslar juft so'zlarni qo'shma so'zlardan ajratadilar. Agar takroriy so'zlar qo'shma so'z yasashning bir turi deb qaraladigan bo'lsa, takrorlangan qo'shma so'zlarni yana qaytadan qo'shma so'zlarga kiritishga to'g'ri keladi. Masalan: Ishchilar halol mehnat haqini qayoqdagi takasaltanglar tamonidan belbog'-belbog' tugib, o'marishlariga barham berildi. Keltirilgan misolda belbog' qo'shma so'z bo'lib, ana shu so'zni takrorlash orqali yangi so'z yasalmagan, balki so'zlovchining voqelikka modal munosabati ifodalanadi xolos. Bir qisimli hozirgi o'zbek tiliga tushunarli bo'lmagan juft so'zlar tuzish. Masalan: Bisot-bog'al, suyak-sayoq, yolg'on-yashiq, bozor-o'chor kabi juft otlarning bag'al, sayoq, yashiq, o'chor kabi ikkinchi qismlari hozirgi o'zbek tilida shu juft so'zlar doirasida mustaqil ma'no anglatmaydi. Bunday shakllarga nisbatan tilshunoslar turlicha munosabatda bo'lib kelmoqdalar. A.N.Kononov, A.F.G'ulomov, F.Kamol, O. Azizovlar o'zbek tilidagi bozor-o'chor, xotin-xalaj, ko'cha-ko'y singari bir qismi hozirgi tilga tushunarli bo'lmagan juft so'zlarni ham, qop-qop, osh-posh kabi takroriy so'zlarni ham qo'shma so'zlar qatoriga kiritadilar. Z. Ma'rufov esa qand-qurs, yolg'on-yashiq kabilarni bir qismi tushinarli bo'lmagan juft so'zlarni va choy-poy, pul-mul tipidagi maxsus takrorlarni dastlab leksik yo'l bilan birikkan qo'shma otlarga kiritgan bo'lsa, keyinchalik bularni qo'shma otlarga kiritmaydi. Hozirgi o'zbek tilida maxsus takror, bir qismi hozirgi tilda mustaqil ma'no ifodalaydigan so'zlarni bir-biridan farqlash kerak: 1. Bir qismi hozirgi tilda mustaqil ma'no ifodalamaydigan juft so'zlarning ekvivalenti esa, aslida mustaqil ma'noli so'z bo'lmay, birinchi so'zning fanetik jihatdan o'zgartirilgan - buzilgan takroridir, xolos. 2. Bir qismi mustaqil ma'no bildirmaydigan juft so'zlar nisbatan o'zgarmas shaklga ega bo'lib, ularning mustaqil ma'no ifodalamaydigan qisimlarini erkin ravishda boshqacha qilib o'zgartirib bo'lmaydi. Boshqacha qilib aytganda xotin-xalaj, bozor-o'chor, ko'cha-kuy kabi juft so'zlar ongimizda shu turishda tayyor holda saqlanadi. Jinni-pinni bo'ldingmi? 3. Bir qismi hozirgi tilga tushinarli bo'lmagan so'zlarning doirasi ancha tor. 4.Bir qismi mystaqil ma'no ifodalamaydigan juft so'zlar qisimlari ba'zan yuyushiq qism kabi bog'lanib kela oladi: Ko'cha-kuyda sandiraqlab yurmay o'qi darsingni. Ammo maxsus takrorlar bunday xususiyatga ega emas: nonu, non, tuzu,tuz, oshu, posh tarzida qo'llanilmaydi. O'zbek tilida bir qisimii hozirgi tilda mustaqil ma'noda qo'llanilmaydigan juft so'zlarni maxsus takrorlar bilan almashtirish, ularni ajrata olmaslik nazariy chalkashlikka olib kelishi mumkin. Ozbek tilida bir qismli hozirgi tilda mustaqil ma'noda qo'llanmaydigan juft so'zlar iborasi tilshunoslar tomonidan turlicha tushinilgani, ularga kiritilgan so'zlar doirasi turlicha bo'lgani kabi, mustaqil ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.02 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.02 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga