O'quvchilarga takror so'zlarni o'rgatish 6-sinf Ona tili darsligida Juft fe'llar (61-dars takroriy fe'llar shu mavzu ichiga kiritilgan). Mavzuga 1ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan. Juft va takroriy otlar imlosi (88-dars) mavzusini o'rganish uchun 2 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol berilgangan. Takroriy sifatlar va ularning imlosi (122-dars) mavzulari mavjud. Uni o'rganish uchun esa 1 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol tavsiya qilingan. 7-sinf Ona tili darsligida Juft va takroriy olmoshlar. Ularning imlosi (24-dars) mavzulari aks etgan. Mavzuga 3 ta topshiriq, 4ta mashq va 3ta savol ilova qilingan. Kitobdagi 93-mashq o'quvchilarni mustaqil fiklashga o'rgat adi. Uning shartida Mustaqil O'zbekiston ramzlari haqida o'ylar mavzusida matn tuzish topshirilgan. Takroriy so'zlarni (jumladan, bosh kelishik shaklidagi takroriy otlarni ham) A.N.Kononov, E.V.Sevortyan, N.A.Baskakov, N.P.Direnkova, A.Kaydarov va ba'zi bir qozoq tilshunoslari so'zyasash usuli deb qaraydilar. S.Fuzailov, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev, N.R.Abdurahmonov kabi bir qator o'zbek tilshunoslari bu fikrga qo'shiladilar. A.G'.G'ulomov bir o'rinda «bir ot takrorlanib, yangi ot tug'diradi» desa, boshqa bir o'rinda «ot yoki undov takrorlanib, ravish yasaydi», deydi, yana bir o'rinda «sintaktik usul bilan so'zyasashning eng eski ko'rinishi reduplikatsiyadir» deb yozadi. Boshqa so'zturkumlarining otlashshsh (substantivatsiya) hodisasini bosh kelishik shaklidagi otlashgan so'zlarning takrorlanishi bilan aralashtirish, ularni aynan bir hodisa deb qarash to'g'ri emas. Bunda, avvalo otlashish jarayoni ro'y bergan, so'ngra esa otlashgan so'ztakroriy shaklni hosil qilgan, deb hisoblash mumkin: Masalan, to'qqiz soni avval otga ko'chgan, so'ngra bosh kelishik shaklidggi ot sifatida takroriy shaklda qo'llangan. Uning yakka holdagi otlashgan shakli ham mavjud. Chog'ishtiring: To'qqiz-to'qqnzing bilan qalin molingni hozir kiritaman (N. Foxilov). To'yiga bordim: na to'qqiz bor, na o'ttiz - qoq-quruq (Og'zaki nutq). V.I.Alatiryov «Udmurt tilida takror so'zyasashdagina emas, ko'plik, jamlik, davriylik, kuchaytiruv, ekspressivlik, ajratish-yakkalash kabi grammatik kategoriyalarni ifodalashda ham mahsuldordir», - deydi. M.I.Odilovning yozishicha, «ozarbayjon tilida takrorlar ham so'zyasash, ham shakl yasash funksiyasiga ega». «Takrorlash yo'li bilan so'zyasash va turli grammatik ma'nolarni ifodalash turkiy tillarda, shu jumladan, o'zbek tilida ko'p uchraydi», - deydi O.Azizov, N.K.Dmitriev esa «Qumiq tilida (boshqa barcha turkiy tillardagi kabi) stilistik vosita bo'lgan takrorlash grammatik maqsadlarda qo'llanadi», - deb yozadi. A.Hojiyev «O'zbek tilida takroriy so'zning yasalishi so'zyasash hodisasi bo'la olmasligini» aytadi. N.Abdurahmonov takroriy so'zlar bilan juft so'zlarning farqi haqida yozib: «Takror so'zlar aslida tilda yo'q. Ular tilning lug'at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug'atlarda ko'rsatilmaydi. Takror so'zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo'q bo'lib ketadi», - deydi Shuniig uchun ham e.I.Ubryatovaning «Ko'p hollarda negizning takrorlanishi yangi so'zyasalishiga olib kelmaydi, balki so'zlarning maxsus ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.19 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc