Orfoepiya Reja: Orfoepiya haqida umumiy ma'lumot. Unli tovushlar orfoepiyasi Ayrim undosh tovushlar orfoepiyasi Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi Tayanch tushunchalari: Orfoepiya - adabiy talaffuz qoidalarini o'rganuvchi bo'lim. Orfoepik norma - tovushlarni, qo'shimchalarni to'g'ri talaffuz qilish holati. Orfoepiya haqida umumiy ma'lumot. Orfoepiya (grekcha «to'g'ri» va «nutq» elementlaridan tuzilgan) adabiy talaffuz qoidalari to'plamidir. Adabiy til qonuniyati asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz qilish ham shunchalik zarurdir. Talaffuzni belgilashda esa, tovushlarning to'g'ri aytilishi ahamiyatlidir. Tovushlar buzib talaffuz qilinsa, so'zning manosi buziladi, ta'siri yo'qoladi. Adabiy talaffuz qoidalarini belgilashda tovushlari, urg'u, intonatsiya kabi vositalarga asoslaniladi. O'zbek tilida so'zlashuvchilar o'zbek adabiy tilida, shuningdek, o'zbek tilining mahalliy sharoitiga xos sheva va dialektda ham so'zlashadilar. Shunga ko'ra o'zbek adabiy tili talaffuzi dialekt va sheva talaffuzidan farq qiladi. Masalan: adabiy tildagi keldik so'zi shevalarda keldu, kelduvuza, kelduvuz, keldimiz, galdik kabi: adabiy tildagi u yerga, bu yerga so'zlari shevalarda o'tga, bo'tga, aqqa, baqqa kabi talaffuz qilinadi. Bu so'zlarning shevalardagi bunday talaffuz variantlari adabiy til an'analariga mos kelmaydi, yani bunday talaffuz bir yoki bir tipli shevalarga xos bo'lgani uchun umumxalq tilining talaffuzini o'zida aks ettirmaydi, og'zaki nutqda har xillikni ko'paytiradi. Og'zaki nutqning to'g'ri talaffuz qilish normasi sifatida ko'pchilik shevalarga xos bo'lgan, umumxalq tilining talaffuzini o'zida aks ettiradigan holatlar olinadi. Masalan: maktab, odob, kitob kabi so'zlarning oxirida b undoshining og'zaki nutqda jarangsizlashib p tarzida talaffuz etilishi; do'st, go'sht, g'isht, xursand, baland kabi so'zlarning oxiridagi t, d tovushlarining og'zaki nutqda tushib qolishi ko'pchilikning, umumxalq tilining talaffuzini o'zida aks ettiradi. Albatta bunday holatlarni to'g'ri talaffuz orfoepiya normasiga mos keladi deyish mumkin. O'zbek tili orfoepiyasining to'g'ri talaffuz normalarini belgilashda fonetikaning, ayrim tovushlar talaffuzi qonuniyatlarining roli kattadir. Demak, orfoepiya adabiy til uchun yagona talaffuz me'yori bo'lishini talab qiladi. Orfoepiyaning adabiy talaffuz qoidalari to'plamiga unli tovushlarning talaffuzi, ayrim undosh tovushlarning talaffuzi, ayrim grammatik shakllar talaffuzi kiradi. Urg'u va intonatsiya ham to'g'ri talaffuz qilishda muhim ahamiyatga ega. Unli tovushlar orfoepiyasi. İ unlisi. İ unlisining quyidagi talaffuz holatlari mavjud: a) i tovushi tilak, bir, tish, dil kabi so'zlarda qisqa; b) ilmiy, adabiy, lirika, idealist, radiy kabi so'zlarning urg'u bo'g'inida cho'ziq; v) qish, qir, g'isht, xirmon, g'ilof kabi so'zlarda ruscha o' tovushiga moyil qattiq; g) arab-fors va rus tilidan o'zlashgan bir bo'g'inli so'zlarning qo'sh undosh oralig'ida qisqa i tovushi qo'shib talaffuz etiladi: aql, bahs, litr, metr, vazn, gips, mehr kabi. U unlisi. Bu unli quyidagi talaffuz xususiyatlariga ega: a) ufq, umr, ukrop, ustoz kabi so'zning boshida; masul, mashum kabi belgisidan keyin kelsa, u unlisi aniq aytiladi; b) kul, kun, ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc