Orfografiya (imlo) - rasmi

Material tavsifi

Orfografiya (imlo) Reja: 1.Orfografiya va uning asosiy tamoyillari: Fonetik tamoyil Morfologik tamoyil Shaqliy-an'anaviy tamoyil Differentsiatsiya tamoyili. Tayanch tushunchalar: Orfografiya - adabiy tilning to'g'ri yozish qonun-qoidalarini o'rganuvchi bo'lim. Fonetik tamoyil - talaffuzni yozuvda aks ettiradigan tamoyil. Morfologik tamoyil - talaffuzni emas, balki so'z va qo'shimchalarni asliga mos holda yozadigan tamoyil. Shaqliy-an'anaviy tamoyil - o'zlashgan so'zlarning shakli yozuvda saqlanadigan tamoyil. Differentsiatsiya tamoyili - shakli va talaffuzi bir xil bo'lgan so'zlarning yozuvda turli shartli belgilar vositasida farqlanadigan tamoyil. Jamiyatning har bir a'zosidan to'g'ri so'zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O'quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo'lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo'lib, u tildagi o'zak-negiz va qo'shimchalarni agona tarzda to'g'ri yozish haqidagi qoidalar yig'indisidir. Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956 yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 1. Ayrim harflar imlosi; 2. O'zak-negiz va qo'shimchalar imlosi; 3. Qo'shma so'z va so'z birikmalari imlosi; 4. Bo'g'in ko'chirilishi; 5. Bosh harflarning yozilishi. 1995 yil 24 avgustda lotin grafikasi asosidagi o'zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo'limlardan tuzilgan: Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi. Asos va qo'shimchalar imlosi. Qo'shib yozish. Ajratib yozish. CHiziqcha bilan yozish. Bosh harflar bilan yozish. Ko'chirish qoidalari. Ikki xil grafikaga asoslangan imlo qoidalari ayrim o'rinlari bilan farqlanadi. 1.Orfografiya grekcha orphos («to'g'ri») va grapho («yozaman») so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, «to'g'ri yozaman» degan ma'noni bildiradi. Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shaqliy, an'anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o'zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir. Fonetik tamoyil (fonetik usul). Bu tamoyil so'zlar, so'z tarkibidagi qo'shimchalar qanday talaffuz etilsa, xuddi o'shanday yoziladi. Bu tamoyil asosida ayrim harflar imlosi, asos va qo'shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar ishlab chiqilgan. Masalan, 1) son so'ziga fe'l yasovchi -a qo'shimchasi qo'shish bilan yasalgan so'z sona emas, sana tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. YOsh, ot so'zlariga fe'l yasovchi -a qo'shimchasi qo'shilishi bilan yasalgan yosha, ota so'zlari yasha, ata tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Ong so'zi fe'l yasovchi -a qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan so'z ongla emas, angla tarzida talaffuz qilinadi va yoziladi. 2) o'yin so'ziga -a fe'l yasovchi qo'shimcha qo'shilishi bilan yasalgan so'z o'yna tarzida (i tovushi tushirilib) aytiladi va shunday yoziladi; 3) sariq, ulug' so'zlariga fe'l yasovchi -ay qo'shimchasi qo'shilishi bilan yasalgan so'z sarg'ay, ulg'ay tarzida aytiladi va shunday yoziladi; 4) o'qi, tani, tashi kabi fe'l formalariga -v ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.39 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.39 KB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga