O'zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi Reja: Hozirgi o'zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal sostavi haqida ma'lumot. Umumxalq leksikasi va dialektal leksika. Kasb-hunar leksikasi; terminologik leksika. Jargon va argonlar. Tayanch so'zlar: Ҳozirgi o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganish tilni yaxshi bilishdir. Ҳozirgi o'zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibini bilish - adabiy tildan foydalanish imkoniyatini belgilab beradi. O'zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda qo'llanmaydi. Ayrim so'z keng jamoatchilik tilida qo'llansa, ba'zilari esa ma'lum territoriyada yashovchi yoki ma'lum kasb-hunar bilan shug'ullanuvchi kishilar nutqida ishlatiladi. SHunga ko'ra o'zbek tilidagi so'zlar ikki guruhga ajratiladi: 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika. 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. O'zbek tili lug'at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi. O'zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo'llanadigan so'zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat'iy nazar barcha o'zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko'ra ular umumiste'moldagi so'zlar deb ham yuritiladi. Umumiste'moldagi so'zlarning ma'nosi hammaga tushunarli bo'ladi. Bu so'zlar ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, barcha so'z turkumlariga oid bo'ladi. Umumiste'moldagi so'zlarning ko'p qismini umumturkiy so'zlar va o'zbekcha so'zlar tashkil etadi. Boshqa tillardan kirgan so'zlar ham o'zbek xalqining barchasiga tushunarli bo'lsa, ular ishlatilish doirasiga ko'ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o'zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag'rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so'zlari; tojik tilidan o'zlashgan go'sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so'zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so'zlar umumxalq tilida qo'llanadi. Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so'zlar o'z qatlamga ham, o'zlashgan qatlamga ham oid bo'lishi mumkin. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi so'zlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday so'zlarning ishlatilishi ma'lum sabablarga ko'ra chegaralangan bo'ladi. Ishlatilish darajasi chegaralangan leksikaga dialektal so'zlar, atamalar, jargon va argolar kiradi. Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga ko'ra chegaralangan so'zlar bo'lib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma'lum bir xududdagi kishilar nutqida qo'llanib, ulargagina tushunarli bo'lgan so'zlar sheva so'zlari deyiladi. SHeva so'zlari yig'indisi dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm - grekcha so'z bo'lib, dialektos - «tilning mahalliy ko'rinishi» demakdir. SHuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy ko'rinishi bo'lgan dialektlarga xosdir. Misollar: qorinja (chumoli), g'o'z (yong'oq), karvich (g'isht) - Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) - Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg'ona; inak (sigir), mo'rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida. SHevadagi ba'zi so'zlar adabiy tilda ham bo'lishi mumkin. Lekin ular boshqa-boshqa ma'nolarni bildiradi. Masalan: kosa so'zi Xorazm shevasida «piyola» ma'nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan so'zi Xorazm shevasida ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.47 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.47 KB
Ko'rishlar soni
198 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc