O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Reja: 1.O'zbek tili o'qitish metodikasi - pedagogik fan sifatida. 2.O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari. 3. O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot usullari. 4. O'zbek tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 5.Xulosa. Tayanch tushunchalar Til imkoniyatlari, ijodiy tafakkur sohibi, kommunikativ savodxonlik, pedagogik texnologiya, ongli verbal kognitiv ta'lim (OVKT), MYBT (matn yaratishning bosqichli tizimi), o'quvchi - ta'lim - o'qituvchi tizimi, amaliy maqsad, ta'limiy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad, tarbiyaviy maqsad, yo'naltiruvchi maqsad, analiz - sintez, modellashtirish, metodik meros, tasnif etish. Mustaqillik sharofati bilan ta'lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratildi. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta'lim standartlarining joriy qilinishi ushbu jarayonlardagi eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi. Bu hujjatlarda ona tili ta'limi oldiga ham qator talablar qo'yildi. Shu asosda ona tili dastur va darsliklari ham yangilandi. Yangilangan ona tili darsliklarining ikki avlodi nashr qilindi va o'qitishga joriy etildi. Ona tili o'qitishga bo'lgan qarashlar, talablar o'zgardi. Darsliklar ana shu talablar asosida tuzildi. Ona tili o'qitish metodikasi pedagogik fan sifatida boy tajriba to'plagan bo'lsa-da, bu fanning o'qitilishi bilan bog'liq bir qator muammolar ham yuzaga keldi. Buning sababi shundaki, ta'lim jarayoniga bir qator zamonaviy texnologiyalar kirib keldi va kirib kelmoqda, umumiy o'rta ta'lim maktablarining ona tili darsliklari yangilandi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar yaratildi. Bular bilan bog'liq qarashlar va tahlillar, uslubiy ko'rsatmalar o'zbek tili o'qitish metodikasining o'rganish obyektiga aylanishi kerak. Shu ma'noda bu fanning mazmunini quydagicha belgilash mumkin: ona tili ta'limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini tashkil etishiga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etish, shu bilan birga metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o'rgatishning interfaol metodlarini o'zida aks ettirgan ilmiy asoslarini ishlab chiqishdir. Bu fan egallangan bilimlarni pedagogik amalyotga joriy etish, ilg'or pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishga yo'naltirilgan. O'zbek tili o'qitish metodikasi ijodiy tafakkur sohibini shakllantirishning didaktik asoslarini o'rganadi. Ona tili o'qitish metodikasi fani yosh avlodga ona tilidan nimani?, qancha?, qanday? o'rgatish kerak degan savollarga javob beradi. Til o'qitish metodikasini o'rganish turli ta'lim bosqichlariga mos, qulay metodlarni izlash, tanlash, amaliyotda qo'llay bilishdir. O'zbek tili o'qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli va unumli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy - ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, o'quvchilarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish va talaba shaxsini ma'naviy boyitishdan iborat. Til o'qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og'zaki va yozma shaklda, adabiy til ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
282 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
282 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc