O'zbek tilida so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari Reja: Omonim, uning turlari, ko'p ma'noli so'zlardan farqi, yuzaga kelishi, qo'llanilishi. Sinonim qator, dominanti, turlari, yuzaga kelishi, stilistik qo'llanilishi. Antonim, antonimik juft, turlari va stilistik qo'llanilishi. Tayanch tushunchalari: Omonim - grekcha onoma - nom ma'nosini ifodalaydi. Sinonim - grekcha sinonimos - bir nomli degan ma'noni bildiradi. Antonim - grekcha anti-zid, onoma - nom elementlaridan tuzilgan. Tildagi so'zlar shakl va ma'no xususiyatlariga ko'ra o'zaro turli munosabatda bo'ladi. So'zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma'no jihatdan,ил, к(ган турли рангдаги сую00 ba'zilari esa talaffuzi jihatidan o'xshash bo'ladi. SHu xususiyatlariga ko'ra so'zlar quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1.Omonim so'zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma'nosi har xil so'zlar omonimlar deyiladi. Omonim so'zi grekcha «bir xil» degan ma'noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og'iz - insonning tana a'zosi, og'iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to'zon, gard, g'ubor, chang - to'rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo'sh cho'p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a'zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot. Omonim so'zlar turkumiga (yuz - insonning tana a'zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo'ladi. Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug'aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug'aviy omonimlar: 1) so'zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo'ladi. 1.Omonimlik hodisasi so'z bilan so'z doirasida bo'lsa, leksik omonim deyiladi. Masalan: kul (ot) - biror narsaning yonishi natijasida hosil bo'ladigan kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe'l) - zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: YUzi kuladi, ko'zlari yonadi? (H.G'ulom) 2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo'lsa, frazeologik omonim deyiladi. Masalan: bosh ko'tarmoq - qarshi qo'zg'olon ko'tarmoq, bosh ko'tarmoq - tuzalmoq, sog'aya boshlamoq. Grammatik omonimlar qo'shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, ma'nosi har xil qo'shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo'shimchasi bilim - ot yasovchi qo'shimcha, fe'ldan ot yasaydi. Kitobim - I shaxs, birlik qo'shimchasi; -ki (tepki) - ot yasovchi qo'shimcha, -ki (kechki) - sifat yasovchi qo'shimcha. Ba'zi omonim so'zlar qo'shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so'z -ter ot turkumiga oid so'z bo'lib, I shaxs, birlik egalik qo'shimchasini olgan, ikkinchisi fe'l turkumiga oid so'z ot yasovchi -im qo'shimchasini olgan. Bu so'zlar bir xil shaklini saqlab qolgan. Qo'shimchalar qo'shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan so'zlar omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so'z turkumiga ham, boshqa-boshqa so'z turkumiga ham oid bo'ladi. Masalan, 1) bog' - mevazor (ot); 2) bog' ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
438 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
438 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:19 ]
Arxiv ichida: doc