Punktuatsiya o'qitish masalalari

Punktuatsiya o'qitish masalalari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Punktuatsiya o'qitish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Punktuatsiya o'qitish masalalari Reja: 1.Punktuatsiya va uni sintaksisga bog'lab o'rgatish - bosh masala. 2.Punktuatsiyani o'rgatishda diktantning ahamiyati. 3.Punktuatsiyani tilshunoslikning stilistika bo'limi bilan bog'lab o'rgatish. 4.O'quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsiyon xatolarning xillari va ularni bartaraf etish yo'llari. 5.Punktuatsiya o'qitishda ko'rgazmali qurollardan foydalanish. Tayanch tushunchalar Punktuatsiya - tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo'limi Punktuatsiya tamoyillari - tinish belgilari qo'llashda ma'lum ilmiy asoslarga amal qilish Punktuatsiya mashqlari - o'quvchilarga tinish belgilarining qoidalarini o'rgatish maqsadida o'tkaziladigan turli mashqlar Punktuatsion savodxonlik - tinish belgilarini yozma nutqda tog'ri qo'llay olish malakasiga ega bo'lish. Punktuatsiya tinish belgilari haqidagi qoidalar yig'indisi bo'lib, u fikrni yozuvda to'g'ri ifodalashga va o'zgalarning fikrini tog'ri anglatishga yordam beradi. Ona tili darslarida sintaksis bo'limini o'rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o'rganib bo'lmaydi. Maktabda punktuatsiya boshlang'ich sinflarda o'qitila boshlanib,8-9-sinflarda muntazam o'rgatiladi. 8-sinfda punktuatsiya o'rgatish darak, so'roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog'lab, ularda nuqta, so'roq va undov belgilarini qo'llashini tushuntirishdan boshlanadi. Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o'quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o'zlashtiradi. Punktuatsiya o'qitishda onglilikni ta'minlash uchun o'qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog'lashi juda zarur. O'quvchi har bir gapning mazmuniga to'la tushungan bo'lihsi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, Bog'imizda olma, anor, nok, uzum - hamma mevalar pishdi gapida nima sababdan vergullar va tire ishlatilishini o'quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo'laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so'ng umumlashtiruvchi bo'lak (hamma mevalar) mavjud bo'lganligi sababli vergullar va tire qo'yilyapti. Darsda yana quyidagi sintaktik- punktuatsion tahlil o'tkazish mumkin. O'quvchi biror matnni aytib beradi, o'quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo'yadilar. Matn yozib bo'lingach, o'quvchilar tinish belgilarining qo'yilishi sababini izohlaydilar. Ko'pincha o'quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo'yilgan yoki qo'yilmagan o'rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam Qo'qon davlat pedagogika inistitutida bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo'lib, uni o'qishda uch marta pauza bo'ladi, lekin bu pauzalr hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi. Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o'quvchilarning o'zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar totib, tinish belgilarining ishlatilish sababini tushuntirishdir. Masalan, 8-sinfda gap bo'laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o'tib bo'lingach, o'qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o'quvchilarga topshiradi. hamda tinish belgilarining ishlatilish o'rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo'yib ko'chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o'z ichiga olgan bo'lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o'rgatishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.7 KB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga