Qo'shma gapni o'qitish usullari Reja: 1.Maktab darsliklarida qo'shma gap tasnifining berilishi. 2.Bog'langan qo'shma gap va unda teng bog'lovchilarning qo'llanishini o'rgatish yo'llari 3.Ergashgan qo'shma gap va uning turlari, bosh va ergash gapni bog'lovchi vositalarni tushuntirish 4.Bog'lovchisiz qo'shma gapni bog'langan va ergashgan qo'shma gaplar bilan taqqoslab o'rgatish. 5.Ko'chirma gapli qo'shma gapni o'rgatish usullari Tayanch tushunchalar Qo'shma gap - ikki yoki undan ortiq sodda gapning o'zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo'lgan butunlik Murakkab qo'shma gap - turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi Nisbiy so'zlar - qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lashga xizmat qiluvchi so'roq va ko'rsatish olmoshlari Ko'makchili qurilma - ergash gapni bosh gapga bog'lovchi shuning uchun, shu sababli, shu bois kabi birliklar Ko'chirma gap - birovning aynan keltirilgan yoki o'zining hech o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi. 9-sinf ona tili darsligida (N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov 2006-y) qo'shma gaplar tasnifi quyidagicha berilgan: 1Bog'langan qo'shma gaplar: 1)biriktiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar 2) zidlov bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar 3) ayiruv bog'lovchilari yordamida bog'langan qo'shma gaplar 4) bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'langan qo'shma gaplar 2. Ergashgan qo'shma gaplar 1) kesim ergash gapli qo'shma gaplar 2) ega ergash gapli qo'shma gaplar 3) to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gaplar 4) aniqlovchi ergash gapli qo'shma gaplar 5) hol ergash gapli qo'shma gaplar Hol ergash gapli qo'shma gap o'z navbatida o'rin, payt, to'siqsizlik ergsh gapli qo'shma gap kabi turlarga bo'linadi. 3.Bog'lovchisiz qo'shma gap Bog'langan qo'shma gap mavzuini o'tishda badiiy matnlardan teng bog'lovchilar vositasida bog'langan qo'shma gaplarni topish, ularni izohlash, mustaqil ravishda bog'langan qo'shma gaplar tuzish, ularni ma'nodoshi bilan almashtirish singari topshiriqlar bajarilishi mumkin. O'quvchilarda nuqtalar o'rniga teng bog'lovchilardan mosini qo'yib gaplarni ko'chirish, qismlarni goh-goh, dam-dam, ba'zan-ba'zan, yo-yo singari ayiruv bog'lovchilari bilan biriktirib, ma'noda qanday o'zgarish sezilganligini aniqlash kabi mustaqil ishlar tavsiya etiladi. Bog'langan qo'shma gap turlaridan biri sifatida qaralayotgan bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'langan qo'shma gapni o'tishda quyidagi misol keltiriladi va unda qisman chog'ishtirish-qiyoslash mazmuni mavjudligi ta'kidlanadi. Rejadagi ishni bajara olmayapman, sen bo'lsa faqat dam olaylik deysan. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. Bog'langan qo'shma gap quyidagicha tahlil qilinadi: 1.Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar va ularning mazmun jihatidan bog'lanishi. 2.Sodda gaplarning bog'lanish yo'li, bog'lovchilarning turi. 3.Sodda gaplar orasida qo'llangan tinish belgilari 4.Gap bo'laklari Namuna: Urushdan boylar manfaat topdi, ammo kambag'allar xonavayron bo'ldi. 1) ikki sodda gap (qism) bor: urushdan boylar manfaat topdi, kambag'allar xonavayron bo'ldi: zidlash munosabati mavjud. 2.sodda gaplar o'zaro vergul bilan ajratilgan; 3) gap ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.51 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc