Qo'shma so'zlar imlosi

Qo'shma so'zlar imlosi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Qo'shma so'zlar imlosi - rasmi

Material tavsifi

Qo'shma so'zlar imlosi Umumta'lim maktablarining 6-7-sinflar uchun chiqarilgan Ona tili darsligida qo'shma so'zlar imlosi bo'yichv muayyan mavzular berilgan. Jumladan, 6-7-sinflarda o'quvchilar qo'shma fe'llar, qo'shma sifatlar, qo'shma otlar, qo'shma sifatlar, qo'shma olmoshlar imlosi bilan tanishadilar. O'quvchilar 6-sinfda Qo'shma fe'llar mavzusi doirasida ularning imlosi bilan ham tanishadilar. 60-darsda Qo'shma fe'l qismlari qo'shilib yoziladi degan ta'rif bor. Mavzuga oid 2ta topshiriq, 3ta mashq va 3ta savol berilgan. Biznigcha, bu mashq va topshiriqlar yetarli va o'quvchilar bu mavzuni tez o'zlashtirib oladilar. Darslikda qo'shma otlar imlosi masalasiga Qo'shma otlar imlosi (87-dars) mavzusi berilgan. Unga 1ta topshiriq, 3ta mashq va 3ta savol ajratilgan. 258-mashqda qo'shma otlarning imlosiga diqqat qilish so'ralgan. Mashqni bajartirishdan oldin qo'shma otlarning qanday yozilishi (qo'shib yoki ajratib) masalasi mohirona tushuntirilishi shart. Bunda faqat darslikda berilgan qisqa ta'rif bilan chegaralanmasdan, maktab o'quvchilari uchun chiqarilgan Imlo lug'atidan foydalanish zarur. Uyga vazifa uchun tavsiya qilingan 260-mashq juda tor qilib berilgan. Unda Gul so'zi yordamida qo'shma otlar tuzib kelish topshirilgan. Mazkur mashqqa o'qituvchi ijodiy yordashgan holda uning yoniga o'zingiz yashaydigan hududdagi joy nomlari, ariq yoki qo'rg'on, qal'a kabi otlarni qatnashtirib qo'shma otlar tuzib keling kabi topshiriq berishi lozim. Ana shunda bolalarning izlanuvchanlik, ijodkorlik, vatanparvarlik his-tuyg'ulari va qobiliyati oshadi, fanlararo bog'lanish ta'minlanadi. Shu bilan birga qo'shma otlarning imlosiga ham diqqat kuchaytiriladi. O'quvchilarga o'zbek tilining har ikki (kirill va lotin) imlo qoidalarini solishtirgan holda qo'shma so'zlar imlosi bo'yicha tushuncha berish foydadan xoli bo'lmaydi. Chunki hozirga o'quvchilar faqat lotin imlosida bitilgan materiallardangina emas, balki kirill xatida yozilgan manbalardan ham foydalanadilar. Buni dars jarayonida yoki fakultativ kurslarda, juda bo'lmaganda, to'garak mao'shg'ulotlarida olib borsa ham bo'ladi. Bunda faqat o'qituvchidan fidoiylik talab qilinadi, xolos. O'quvchilarga rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvining asosiy qoidalaridagi ikki otdan tuzilgan qo'shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dutor bo'yin (ot+ot =qo'shma sifat), havo rang (ot+ot =qo'shma sifat), bodom qovoq (ot+ot =qo'shma sifat), qo'y ko'z (ot+ot =qo'shma sifat), g'o'z a po'choq (ot+ot =qo'shma sifat) kabi (58-paragraf, 3-qoida). Qo'shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o'zini oqlagani yo'q: orombahsh, bug'doyrang, ilhombahsh so'zlari ot+ot = qo'shma sifat qolipida tuzilgan bo'lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug'atlarida qo'shib yozilgan, devsifat, odamsifat so'zlari esa (ular ham ot+ot =qo'shma sifat qolipida shakllangan) lug'atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi qoidalarida bu tipdagi qo'shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: qoidalarning 38-bandida, xona, noma, bahsh, rang, mijoz, sifat kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlarning qo'shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombahsh, kamquvvat, bug'doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (Qarang: 38-qoida). Shu qoida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.89 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.89 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga