Sinonimlar (Ma'nodosh so'zlar) REJA 1. Sinonimlar va ularning paydo bo'lish sabablari. 2. Sinonimlarning turlari. 3. Sinonimik qator va unda so'zlarning tutgan o'rni. Tayanch so'z va iboralar 1.sinonim 11. frazeologik sinonimiya 2.sinonimiya 12. dublet 3. ma'nodoshlik 13. ma'no sinonimlari 4. sinonimika 14. ideografik sinonimlar 5. absolyut sinonimlar 15. to'liq sinonimlar 6. semantik sinonimlar 16. uslubiy sinonimlar 7. kontekstual sinonimlar 17. dominanta (bosh) so'z 8. stilistik sinonimlar 18. nutqiy sinonimlar 9. lug'aviy sinonimiya 19. salbiy bo'yoq 10. grammatik sinonimiya 20. ijobiy bo'yoq 1. Sinonimlar va ularning paydo bo'lish sabablari Ma'nodoshlik (sinonimiya) hodisasi o'zbek tilida atroflicha o'rganilgan til birliklaridan biri sanaladi. Ayniqsa, bu borada A.Hojiyev, SH.Rahmatullayev, A.Ғulomov, E.Begmatov, YO.Tojiyev kabi olimlarimizning xizmatlari katta. Sinonimiya hodisasi buyuk Alisher Navoiyning ham nazariga tutgan hodisalardan biridir. Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, bir ma'noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so'z orqali berish mumkinligini, forstojik tilida esa bunday imkoniyatning yo'qligini aytib o'tadi. Aka, uka, og'a, ini; singil, egachi, opa kabi so'zlarning forstojik tilida birodar va xoxar so'zlari bilan berilishini ta'kidlaydi. Bundan shu narsa ko'rinib turibdiki, sinonimiya hodisasiga azaldan qiziqish katta bo'lib kelgan ekan. Sinonimiya so'zi aslida grekcha synonima so'zidan olingan bo'lib, bir xil ma'nodagi nom degan tushunchani beradi. Aytilishi va yozilishi har xil, lekin ma'nosi bir biriga yaqin bo'lgan so'zlarga sinonimlar deyiladi. Masalan; og'ir, vazmin, zalvorli. Sinonimlar barcha so'z turkumlarida uchraydi. Ot sinonimlar: uy, hovli, uchastka, eshik. Sifat sinonimlar: uzoq, yiroq, olim Olmosh sinonimlar: u, o'sha Fe'l sinonimlar; shivirlamoq, pichirlamoq, shipshimoq, Ravish sinonimlar: keyin, so'ng YOrdamchi so'zlar: ammo, lekin, biroq Leksik birliklarning o'zaro sinonim bo'lishiga lug'aviy sinonimiya deyiladi. Osmon, samo, ko'k, fazo, koinot, ko'k kabi. Lug'aviy sinonimiya ham uch turga bo'lish mumkin. a) leksik sinonimiya-tub ma'nosiga ko'ra bir biriga ma'nodosh bo'lgan so'zlar: asta, sekin, ohista; b) frazeologik sinonimlar -turg'un birikma holatidagi ma'nodosh so'zlar: ikki oyog'ini qo'lga olib, o'pkasini qo'liga olib, it quvgan soqovdek; v) leksik - frazeologik sinonimlar-leksema-frazema tipidagi ma'nodosh so'zlar: xursand- og'zi quloqda, jim-og'ziga mush tishlaganday kabi. Sinonimlarning paydo bo'lishiga quyidagilar sababchi bo'lishi mumkin. 1. So'z ma'nosining kengayishi yoki torayishi tufayli. Masalan, ko'k so'zi rang ma'nosidan o'z takomili natijasida osmon ma'nosini ifodalashga o'tgan, uning sinonimiga aylangan. Masalan: Ko'kka boqma, yerga boq. 2. Ichki imkoniyat asosida shevalardan so'z olish natijasida ham sinonimlar paydo bo'lishi mumkin. Do'ppi-qalpoq-kallapush-takya; narvon - shoti - zangi va shu kabi. 3. CHetdan kirgan so'zlar amalda ishlatilayotgan so'zga sinonim bo'lib qolishi juda ko'p uchraydigan hodisa sanaladi. Ayniqsa, arab, forstojik va rus tillaridan o'zlashtirilgan so'zlar o'zbek tilidagi so'zga hamda bir biriga ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
395 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
395 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc