Sintaksis o'qitishning ahamiyati va vazifalari

Sintaksis o'qitishning ahamiyati va vazifalari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Sintaksis o'qitishning ahamiyati va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sintaksis o'qitishning ahamiyati va vazifalari Reja: 1.So'z birikmasi, undagi hokim va tobe so'zlarning birikishi usullarini o'rgatish yo'llari 2.Kesim va ega mavzularini o'rgatishda ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish 3.Gapning ikkinchi darajali bo'laklari mavzuini o'tishda o'qituvchi e'tibor berishi lozim bo'lgan jihatlar 4.Uyushiq bo'laklar va ajratilgan bo'laklar mavzuini punktuatsiyaga bog'lab o'rgatish 5.Gap bo'laklari sanalmaydigan bo'laklarni o'rgatish masalasi. Tayanch tushunchalar Sintaksis - so'zlarning bog'lanishi, gap va uning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi. So'z birikmasi - bir - biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma'no va grammatik jihatdan o'zaro bog'langan ikki yoki undan ortiq so'zlar bog'lanmasi. Kesim - gapda fikr ifodalab keluvchi asosiy bo'lak Ega - gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bo'lak. O'quvchilarga sintaksis haqidagi dastlabki bilimlar 5-sinfda beriladi. 8-sinfda esa sintaksis kengroq tarzda, ya'ni so'z birikmasi, gap va uning ifoda maqsadiga ko'ra turlari, gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari, uyushgan va ajratilgan bo'laklar, gap bo'lagi bilan aloqaga kirishmaydigan bo'laklar kabi mavzular o'rganiladi. 8-sinfda So'z birikmasi mavzuini o'rganishda hokim so'z va tobe so'zni aniqlash, hokim so'z bilan tobe so'zning birikish turini ko'rsatish (boshqaruv, moslashuv, bitishuv), hokim so'z va tobe so'zni bog'lovchi grammatik vositani (kelishk qo'shimchalari, ko'makchilar va ohang) aniqlash, hokim so'z va tobe so'zni qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini izohlash (ot+ot, ot+fe'l) kabilarga e'tibor qaratiladi. Ma'lumki, o'quvchilar so'z birikmasini so'zlar qo'shilmasidan, so'zdan, iboradan, gapdan, tasviriy ifodadan farqlashda qiynaladilar. Shu bois, bularning har biriga (so'z birikmasi va so'zlar qo'shilmasi, so'z birikmasi va so'z, so'z birikmasi va turg'un bog'lama v.h.) alohida alohida to'xtalishga to'g'ri keladi. So'z birikmasining so'zlar qo'shilmasidan farqini tushuntirish uchun ualrni o'zaro qiyoslash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Karimjonning akasi so'z birikmasini Karimjon va akasi so'zlar qo'shilmasi bilan qiyoslash kabi. So'z birikmalari zanjiri mavzuini o'tishda gap tarkibida bir so'z birikmasidagi hokim so'z boshqa bir so'zga tobelanishi, bir hokim so'z bir necha tobe so'z yoki bitta tobe so'z bir necha hokim so'zga aloqador bo'lishi kabilarga e'tibor qaratilishi lozim. Masalan, uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol birikmasi zanjirida 5 ta so'z birikmasi mavjud. 1) uch kundan beri 2) shimolgan esgan 3) mayin shamol 4) shimoldan esgan mayin shamol 5) uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol. O'quvchilar 5-sinfdanoq kesim gap markazi ekanligini biladilar. O'quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo'lgan bitta kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo'shma gap tarkibida esa bunday markaz ikki va undan ortiq bo'lishini o'rganadilar. Kesim gap markazi bo'lganligi sababli egadan oldin Kesim va uning ifodalanishi mavzusi o'tiladi. Bu mavzuni o'rganishda avvalo o'quvchilar e'tibori kesimning mavqeiga qaratiladi. Malumki, gapning boshqa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.7 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.7 KB
Ko'rishlar soni 184 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga