Ta'lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o'zbek tili (Davlat tili)ni o'qitishning o'ziga xos prinsiplari Ta'lim prinsiplari jamiyatimizning maktab oldiga qo'ygan talablaridan kelib chiqadi. Shaxsni har tamonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish o'qitish prinsiplarini amalda to'g'ri qo'llash bilan chambarchas bog'langan. O'qitish prinsipi nima? «Prinsip» lotincha so'z bo'lib, asos, qoida, talab singari ma'nolarni ifodalaydi. «O'qitish prinsipi» deganda dars samardorligini ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga qo'yilgan asosiy talablar, qoidalar tushuniladi. O'qituvchi ta'lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talablardan kelib chiqadi va ular o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ta'minlagan holda amalda tadbiq etish orqali ko'zlangan maqsadga erishadi. O'zbek tilini o'qitishda bir tomondan umumdidaktik prinsiplar, ikkinchi tomondan davlat tilini o'qitishning o'ziga xos prinsiplarini hisobga olishga to'g'ri keladi. Umumdidaktik prinsiplar garchand maktabda o'qitiladigan barcha fanlarga aloqador balsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda o'qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy bo'lgan didaktik prinsiplar: o'qitishning bolaga ma'lumot berishi, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi; o'qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi, sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi onglilik, faollik, mustaqillik, ko'rsatmalilik, o'quvchilarga individual munosabatda bo'lish va ularning o'quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi prinsiplar garchand umumdidaktik prinsiplar sanalsa-da, o'zbek tilini o'qitish usuliyatida ularning har biri o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ta'lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o'zbek tili (Davlat tili)ni o'qitishda yuqorida biz qayd qilib o'tgan umumdidaktik prinsiplar bilan bir qatorda shu fanning tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o'ziga xos prinsiplar ham mavjud: a) o'zbek tilini o'qtishda o'quvchilarning o'zbekcha nutq malakalarini shakllantirish prinsipi; b) o'zbek tilini o'qitishda bilingivizm sharoiti va ta'sirini hisobga olish prinsipi; v)o'zbek tilini o'qitishda mavzulararo, fanlararo, bo'limlararo bog'lanishga qat'iy amal qilish prinsipi; g)o'zbek tilini o'qitishda til hodisalarini qiyosiy o'rgatish tamoyili. Maktabda o'zbek tilini o'qitishning bu o'ziga xos prinsiplari umumdidaktik prinsiplar bilan uyg'unlashib, ikkinchi tilni o'qitishda ko'zlangan maqsad va vazifalarning amalga oshishini ta'minlovchi asosiy talablar silsilasini vujudga keltiradi. Quyida biz umumdidaktik prinsiplar va ikkinchi tilni o'qitishning o'ziga xos prinsiplariga alohida to'xtalib o'tamiz. Ta'lim tarbiya va rivojlanishning uyg'unligi prinsipi. Ta'lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda o'quvchilar o'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi yuzasidan o'ta zarur bo'lgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi Ayni vaqtda o'zbek tilini o'qitish mashg'ulotlari o'quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir. Ta'lim, tarbiya va rivojlanish - bir butun jarayondir. Ularni bir-biridan ajratgan holda yoki alohida-alohida darsning bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalga oshirib bo'lmaydi. O'quvchilar til hodisalarini o'rganishar ekan, ayni vaqtda ularga tarbiya beriladi, shaxsi rivojlantiriladi. Zero, o'zbek tilini o'qitishdan ko'zlanadigan bosh maqsadlardan biri ikkinchi til vakillarini O'zbekistonning boy ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.08 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc