Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi

Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi Reja: O'zbek tilining faol (aktiv) va nofaol (passiv) leksikasi haqida maqlumot. Nofaol (passiv) so'zlar, ularning turlari: arxaik va tarixiy so'zlar neologizmlar Tayanch so'zlar: Faol (aktiv) va nofaol (passiv) so'zlar - lug'at boyligi. Ulardan o'rni bilan foydalanish mumkin. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo'limlarida, jumladan, leksikasida ham o'zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba'zi so'zlar eskirib, iste'moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so'zlar paydo bo'ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi: 1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam). 2. Eskirgan qatlam. 3. YAngi qatlam. Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o'zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo'lib, uni umumxalq leksikasiga - ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so'zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so'zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so'zlar yangilik bo'yog'iga ham, eskilik bo'yog'iga ham ega bo'lmaydi. Zamonaviy qatlamda so'zlarning nutqda ko'p yoki kam ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma'lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi. Demak, yangilik va eskilik bo'yog'iga ega bo'lmagan so'zlar eskirgan qatlam. So'z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo'qolishi, yoki ularning ma'nosini ifodalaydigan boshqa so'zlarning paydo bo'lishi munosabati bilan ayrim so'zlar asta-sekin qo'llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo'llanadi. Ularning ba'zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko'pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo'llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo'yog'iga ega bo'lgan so'zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi: 1. Tarixiy so'zlar yoki istorizmlar. 2. Arxaik so'zlar yoki arxaizmlar. Tarixiy so'zlar o'tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo'lgan, ammo hozir eskirib qolgan so'zlar tarixiy so'zlar deyiladi. Tarixiy so'zlar jamiyatda yo'q bo'lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo'llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo'q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim - 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin). Ba'zi so'zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo'lib qoladi. Bunday so'zlarning bir ma'nosi eskirsa, ikkinchi xil ma'nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi. Masalan: boy so'zining ma'nosini qiyoslang: Boy Yo'lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo'laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo'ldi? Arxaik so'zlar. Hozir mavjud bo'lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so'zlar deyiladi. Arxaik so'zlar yig'indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm - grekcha so'z bo'lib, archaios - «qadimgi» degan ma'noni bildiradi. Eskirgan so'z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo'lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so'z mavjud bo'ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo'lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo'yog'iga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.1 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.1 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga