Tarz ma'noli leksemalararo ma'noviy munosabatlar

Tarz ma'noli leksemalararo ma'noviy munosabatlar

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Tarz ma'noli leksemalararo ma'noviy munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Tarz ma'noli leksemalararo ma'noviy munosabatlar Leksemalarni sistemaviy tadqiq qilishning asosini ularning o'zaro ichki munosabatlariga tayanib ma'lum bir qatorlarga, guruhlarga, turlarga, turkumlarga, kichik va katta paradigmalarga birlashtirish tashkil etadi. Aslida lisoniy birliklar xohish-irodamizga bog'liq bo'lmagan holda ongimizda muayyan paradigmalar tarzida yashaydi. Ana shu paradigmalarni, ularning yashash qonuniyatlarini ochish, belgilab berish tadqiqotchining oldida turgan asosiy vazifadir. Leksemalarning o'zaro o'xshashligi, farqli belgilari asosida birlashgan guruhlari lug'aviy sistema yoki sistema xarakterida bo'lib, mazkur sistema ham boshqa sistemalar kabi iyerarxik (pog'onali) tabiatli qurilishga ega. Lisonning o'zi singari uning lug'aviy sistemasi ham o'z o'rnida bir necha ichki sistemachalardan tashkil topadi. Bu pog'onaviylik lisondan boshlanib alohida leksema va, hatto, sememalargacha davom etadi hamda turli bosqich, darajadagi birliklar orasida ham, bitta paradigma a'zolari o'rtasida ham muayyan qat'iy lisoniy munosabatlar mavjud bo'ladi. Muayyan guruhga birlashgan leksemalar va ularning o'zaro munosabatlari masalasi o'zbek tilshunosligida keng va atroflicha tadqiq qilinib, adabiyotlarda atroflicha munosabatlar bildirilgan. Darhaqiqat, O'zbek tilshunosligidagi LMG (lug'aviy-ma'noviy guruh) markaziy leksemalar orasidagi ma'no munosabatlarini o'rganish darajalanish (graduonimiya), jins-tur (giponimik), butun-bo'lak (partonimik), vazifadoshlik (funksionallik) va pog'onalilik (iyerarxonimik) kabi ma'no munosabatlari ajratilishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu esa, o'z navbatida, har bir leksemaaro ma'noviy munosabatlar masalasiga ham oydinlik kiritilishiga katta turtki bo'ldi. O'zbek tilshunosligida erishilgan natijalarni yanada to'ldirish, takomillashtirish maqsadidan kelib chiqib, mazkur tadqiqotimizda tarz ma'noli leksemalar sistemasida guruhlararo va leksemalararo semantik munosabatlarni ham ochib berishga harakat qilindi. Bu esa, albatta, leksik sathning sistemaviy xarakteriga monand natijalarni qayd etishga xizmat qiladi. Sohada amalga oshirilgan ilmiy izlanishlardan ma'lum bo'ladiki, fanning boshqa sohalarida kuzatilganidek, semantik munosabat turlarining mavjudlik va amal qilishlik holatlari turli darajada qayd etiladi. Xususan, zoologiya, botanika leksikasida iyerarxonimik (pog'onaviy) munosabat ustun holatda ekanligi kuzatiladi. Xullas, leksemalararo ma'noviy munosabatlarning mavjudlik holati va miqyosi turli darajada bo'ladi. O'zbek tilining leksik qatlamlaridan biri - tarz ma'noli leksemalar mikrosistemasi ham o'ziga xos tarkibiy tuzilishga va turli lisoniy qiymatli leksemalarga ega sistema hisoblanadi. Mazkur sistemaga mansub leksemalar va leksemalar guruhining leksik semantik munosabatlarini aniqlash ham o'zbek tili leksikasining sistema ekanligini tasdiqlovchi omillardan biri ekanligini dalillashga harakat qilamiz. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.96 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.96 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga