Tarz ma'noli leksemalarda graduonimiya Sistem-struktur tilshunoslikdagi tadqiqotlar leksik birliklar o'rtasidagi ko'plab yangi munosabatlarni kashf etdi va semantik munosabatlar sirasini boyitdi. Xususan, graduonimik (darajalanish), iyerarxonimik (pog'onalilik), funksional (vazifadoshlik), partonimik (butun-bo'laklik) munosabatlar shular jumlasidandir. Bular orasidan graduonimik (darajalanish) munosabat masalasi atroflicha tadqiq etilgan deyishga asos bor. O'zbek tilshunosligida mazkur munosabat yuzasidan E.Begmatov, H.Ne'matov, R.Rasulov, R.Safarova, Sh.Orifjonova, O.Bozorov kabi olimlarimiz e'tiborli tadqiqotlarni amalga oshirganliklarini aytib o'tish joiz. Biz mazkur tadqiqotimizda ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni takrorlab o'tirmasdan, e'tiborni tarz ma'noli leksemalar sistemasidagi lug'aviy darajalanishlarga qaratmoqchimiz. Tadqiqotchi A.Sobirov: Moddiy borliqdagi narsa va hodisalar uzluksiz xatti-harakatda bo'ladi. Ular tashqi va ichki kuchlar ta'sirida muttasil ravishda o'z shakl-shamoyilini o'zgartirib turadi. Natijada olam qonuniyatlari asosida bitta maydonda bir narsaning turli-tuman shakllari paydo bo'ladi. Aynan mana shu narsa avval real borliqda, so'ngra tilda narsalarning bir-biriga nisbatan gradual holatida turishini ta'minlaydi, - deb darajalanish hodisasiga munosabat bildirib, uning turlarini quyidagicha qayd etadi: 1. Maydon uzvlar o'rtasidagi ichki darajalanish; 2. Leksik-semantik guruhlar yoki mazmuniy to'dalar o'rtasidagi darajalanish; 3. Moddiy borliqdagi asosiy tushunchalarni ifodalovchi mikromaydonlar o'rtasidagi darajalanish. Tilimiz leksik tarkibidagi tarz ma'noli leksemalar sistemasi uzvlari o'rtasidagi munosabatlarning ba'zi ko'rinishlari tarz ma'nosining kuchli yoki kuchsiz ekanligiga ko'ra graduonimik xarakter kasb etadi. Bunga tarz ma'nosini ifodalovchi turli turkumlar doirasida guvoh bo'lish mumkin. Ravishda: Apil-tapil naridan-beri shosha-pisha. Sifatda: Tinch jim-jit sokin osuda. Taqlidda: Biq-biq buq-buq baq-baq biqir-biqir; Shilp - shilp shalp-shulp shalop-shulup. Fe'lda: Jilmaymoq kulimsiramoq tabassum qilmoq kulmoq qah-qahlamoq. Sistema leksemalari uslubiy bo'yoqdorligi, qo'llanish doirasiga asosan ham muayyan darajalanishlarni hosil qilishi mumkin. Jumladan, bo'yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko'ra: arang zo'rg'a bazo'r o'lib-tirilib; Vaysamoq vaqillamoq javramoq to'ng'illamoq ming'illamoq. Qo'llanish doirasining keng-torligiga ko'ra: tez ildam jadal (qo'llanish doirasining torayishi); naridan-beri apil-tapil shosha-pisha (qo'llanish doirasining kengayishi); yaxshi durust tuzuk binoyi (qo'llanish doirasining torayishi); astoyidil yurakdan chindan (qo'llanish doirasining torayishi); asta sekin ohista (qo'llanish doirasining torayishi). Aytish mumkinki, lug'aviy darajalanish turlari ham sistemaning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, har bir kichik guruhni tashkil qilayotgan paradigma a'zolarining funksional-usulubiy jihatiga ko'ra ham turli darajalarda bo'lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Mazkur tizim tarkibida graduonimiyaning ham atash ma'nolari, ham ifoda semalariga asoslanadigan ko'rinishlari kuzatiladi. ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.58 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.58 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: doc