Tarz ma'noli leksemalarda sinonimiya Semantik sistemada eng ko'p uchrovchi munosabat turlaridan biri sinonimiya (ma'nodoshlik) hodisasidir. Sinonimiya leksemalararo ma'nodoshlik hodisasi sifatida tilshunoslik sohasida, xususan, o'zbek tilshunosligida ham atroflicha tadqiq qilingan lug'aviy paradigmalardan biri hisoblanadi. Bu hodisa yuzasidan qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi, kerakli ma'lumotlar yetarli darajada bo'lganligi bois alohida to'xtalib o'tish joiz emas. Bu xususdagi fikrlarni tarz ma'noli leksemalar sistemasi bilan bog'liq holda kuzatish o'rinli deb o'ylaymiz. Tarz ma'noli leksemalar guruhiga kiruvchi qo'qqisdan, to'satdan, tasodifan, bexosdan, darhol, daf'atan, darrov, tez, dabdurustdan, imi-jimida, banogoh leksemalar ifoda planida har xillik kuzatilsa ham, mazmun planida bitta umumiy denotat bilan bog'liqligi natijasida o'ziga xos leksik paradigmani yuzaga keltirmoqda. Har bir sinonimik qator sistema tarkibidagi alohida, mustaqil mikroparadigmadir. Shunga ko'ra, aytish mumkinki, sinonimik qatordagi birliklar semantik jihatdan o'zaro uzviy bog'liqlikni tashkil qiladi. Masalan, uzil-kesil, bekam-ko'st, batamom qatoridagi leksemalar atash semalari asosida bitta paradigmaga uyushishi o'z-o'zidan ma'noviy munosabat hosil qilayotganligidan dalolat beradi. Inchunin, sinonimiya hodisasi haqida gapirganda leksik (leksemik) emas, balki semantik (semamatik) sinonimiya deyish to'g'riroq bo'ladi. Zero, sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semalari bir xil bo'lib, ifoda semalari bilan o'zaro farqlanadi. Masalan, ohista, asta, sekin ma'nodoshlik qatoridagi leksemalarning atash semalari o'zaro teng qiymat kasb etadi. Biroq ifoda semalar har bir leksema sememasida o'ziga xos: ohistada badiiy, astada so'zlashuv, sekinda betaraf yoki chegaralanmagan belgisi farqlovchi vazifada kelgan. Yoki paydar-pay, ketma-ket, uzluksiz sinonimik qatorini kuzataylik. Qatordagi leksemalarning leksikografik tavsifi quyidagicha berilgan: Paydar-pay [f-t] rvsh. Birin-ketin, ketma-ket, uzluksiz. (O'TIL, 3-jild, 201-bet). Ketma-ket rvsh. 1 Bir-birining davomidan, uzluksiz. (O'TIL, 2-jild, 358-bet). Uzluksiz 1 Birin-ketin, ketma-ket, paydar-pay. (O'TIL, 4-jild, 267-bet). Ko'rinadiki, qatordagi barcha leksemalarning atash semalari aynan, ularni farqlovchi jihat esa ifoda semalaridir. Paydar-pay fors-tojikcha, kitobiy, ketma-ket o'z qatlam, badiiylik, uzluksiz o'z qatlam , betaraf belgilariga ko'ra farqlilik kasb etadi. Sinonimik munosabatda ko'p sememali leksemalar masalasi ham oydinlashadi. Buni yuqoridagi tarz ma'noli leksemalarning ma'nodoshlik munosabatida ham ko'rish mumkin. Mazkur paradigmatik qatorning keyingi ikkita leksemasi ko'p sememali hisoblanadi, ko'p sememali leksemalar har bir sememasi bilan alohida-alohida ma'nodoshlik qatoriga mansub bo'la olishligini ayni shu o'rinda ham kuzatish mumkin. Ketma-ket, uzluksiz leksemalari o'zlarining O'TILda tavsiflangan birinchi sememalari asosida sinonimik qator hosil qilayapti. Bundan tashqari, mazkur leksemalar sirasidagi ketma-ket ma'noviy tarkibidagi 2-sememasi vositasida izma-iz, orqama-orqa leksemasi bilan ma'nodoshlik munosabatida bo'ladi. Xuddi shuningdek, uzluksiz leksemasi 2-sememasi orqali tinimsiz leksemasi bilan sinonimik munosabatda bo'la oladi. Ma'nodoshlik qatoridagi leksemalarning bittasi dominantlikka da'vogar bo'lib, boshqalari dominanta leksema atrofida birlashadi va ma'nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning ifoda semasi neytral (betaraf) bo'ladi. Leksemaning dominantligi xuddi shu xususiyati asosiga ...

Joylangan
25 Feb 2023 | 19:28:27
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Feb 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.37 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: doc