Tarz ma'noli leksemalarni tasniflash omillari

Tarz ma'noli leksemalarni tasniflash omillari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Tarz ma'noli leksemalarni tasniflash omillari - rasmi

Material tavsifi

Tarz ma'noli leksemalarni tasniflash omillari Borliqda turli narsa va hodisalar keng qamrovli va rang-barang. Shu sababli har bir narsa va hodisalarni o'zaro o'xshash va farqli belgilari asosida tasniflash, aniqroq qilib aytganda, muayyan tizim va uning tarkibidagi birliklarning o'rni va mavqeyini belgilash sistemaviy tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Tasniflash ilm-fanda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. To'g'ri tasnif hodisalar va ularning mohiyatini aniq belgilash, to'g'ri yoritish imkonini yaratadi, shunga yo'l ochadi. Tasnif O'zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha izohlanadi: TASNIF (arab. - saralash, tartibga solish), klassifikatsiya - ilm yoki inson faoliyatining biror sohasiga oid o'zaro bir xil tushunchalar sistemasi. Tasnif har bir fanga xos muhim mantiqiy amal bo'lib, uning vositasida shu fan doirasida to'plangan bilimlar qat'iy tartibga solinadi. Fanni o'rganishda bunday tasnif qulaylik tug'diradi. Tasnifda bo'linuvchi va bo'luvchi tushunchalar o'zining qat'iy o'rniga ega bo'ladi. Tasnif natijasida fanda muhim ahamiyat kasb etuvchi jadvallar, chizmalar, grafiklar, kodekslar vujudga keladi… Tasniflash natijasida hosil bo'lgan bilim predmetning asosiy xususiyatlari hamda ular o'rtasidagi munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi va bu bilimlar tartibga solingan bilim hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar bevosita tilshunoslik faniga ham aloqador. Demak, narsa-hodisalar doimiy va alohida o'ringa ega bo'lgan belgilariga ko'ra tasniflanishi lozim. Shundagina bu tasnif yashovchan va muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Tasnif uchun manba (asos) bo'lgan narsa va hodisalar majmui butunlik, tizim, to'plam kabi atamalar bilan yuritiladi: O'rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig'indisi to'plam deyiladi. To'plamni o'xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo'lish tasnif hisoblanadi. Til birliklari ma'noviy, vazifaviy, shaqliy va boshqa jihatlariga qarab tasniflanishi mumkin. Lekin har doim ham tasnif mukammal va barqaror bo'lmasligi mumkin. Xususan, bemor, qari, yaxshi, donishmand kabi leksemalarning turkumlar bo'yicha tasnifi o'zgaruvchan. Boshqa hodisalar kabi lisoniy birlik hisoblanuvchi leksemalar ham nihoyatda serqirra mohiyatga ega bo'lgan birlik hisoblanadi, shuning uchun ularni to'g'ri va izchil tasniflash, aniqrog'i lisoniy va nutqiy qatlamlarning o'ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Lisoniy tasnif quyidagi mantiqiy mezonlarni o'zida jamlashi mumkin: 1. Tasniflangan guruhlarning hajman tasniflanuvchi butunlikka mos kelishi. 2. Tasnifning bir asosda amalga oshirilishi. 3. Tasnif a'zolari bir-birini inkor etishi. 4. Tasnifda sakrash bo'lmasligi. Birinchi mezonga ko'ra, tasniflanuvchi butunlikning tasniflangan guruhlar doirasida to'liq qamrab olinganligi e'tiborga olinasa, ikkinchi mezonga ko'ra, ma'lum bir tasnifda faqat bir asos (belgi) ga tayanish lozimligi ko'zda tutiladi. Tilshunos H.Ne'matov ham bu haqda to'xtalib, turkumlar semantik, morfologik va sintaktik belgilarga egaligi, biroq har bir tasnifda ularning bittasigagina tayanish lozimligini, ularni bir butun holda olish tasnifni amalga oshira olmaslikni keltirib chiqarishini ta'kidlagan edi. Uchinchi mezonga ko'ra, tasniflangan har bir guruh alohida va mustahkam o'ringa ega ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.62 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.62 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga