Tarz ma'noli leksemalarning badiiy-estetik vazifalari

Tarz ma'noli leksemalarning badiiy-estetik vazifalari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Tarz ma'noli leksemalarning badiiy-estetik vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tarz ma'noli leksemalarning badiiy-estetik vazifalari Tarz ma'noli leksemalarning badiiy matnlarda qo'llanilishi o'ziga xos bo'lib, ayniqsa, nazmiy matnlarda inson tashqi holati va harakati, shuningdek, ichki, ruhiy kechinmalari va sezimlarini tasvirlashda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi. Bunday leksemalar matnda atash (denotativ) ma'nolarini biroz kuchsizlantirib, ifoda semasini bo'rttiradi, ayrim so'zlar bilan yangi sintagmatik munosabatga kirishib, ijtimoiy yoki individual tushunchalarni aks ettirishda, yangi birikuvlar hosil qilish orqali matnni shakllantirishda, muallifning badiiy-estetik qarashlarini, ideallarini namoyon etishda o'ziga xos o'ringa ega. Quyida ayrim she'rlar izohi orqali yuqoridagi fikrlarimizni mustahkamlashga harakat qilamiz. Tahlil uchun Abdulla Oripov, Usmon Azim, Iqbol Mirzo kabi zamonamizning eng mashhur shoirlari ijodidan namunalar olindi. O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning ijodi ko'proq falsafiylikka yo'g'rilganligi adabiyotshunoslar va shoirning ko'p sonli muxlislari tomonidan e'tirof etilgan. Quyidagi to'rtlikni shoirning ana shu falsaviy qarashlari mahsuli sifatida baholash mumkin: Soddadil odamni juda kam ko'rdim, Borin ham shikasta, ko'zin nam ko'rdim Dunyoda firibgar ko'p ekan, lekin, Ularning barchasin shod-xurram ko'rdim. (Abdulla Oripov, Ko'rdim) She'r jamiyatdagi ikki qatlam: soddadil va firibgar odamlar haqida. Ushbu qatlamlarga mansub insonlarning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi orqali tazod san'ati yuzaga kelgan. Bunda shoirning aytmoqchi bo'lgan asosiy fikri (noroziligi) hayotda bu kabi teskari qutbli odamlarning mavjudligi, ularning nisbatan kam yoki ko'p ekanligi emas, balki soddadil, ko'ngilchan, ezgu niyatli insonlarning baxtsiz, shikasta, ko'zi namligi, firibgar, yulg'ich, zolimlarning esa huzur-halovatda yashashi, shod-xurramligiga qaratilgan. Qisqacha aytganda, she'rdagi soddadil, firibgar; kam, ko'p; shikasta, ko'zi nam, shod-xurram so'zlari asosida tazod san'ati yuzaga kelgan va bu zidlikning asosiy yukini tarz ma'nosini ifodalab kelgan shikasta, ko'zi nam va shod-xurram so'zlari ko'targan. Shuningdek, baxtli, xursand so'zlariga ma'nodosh bo'lgan shod-xurram so'zini shoir badiiy talab bilan, ya'ni nam so'ziga ohangdoshligiga ko'ra tanlagan. Boshqa bir she'rda azaliy va abadiy tuyg'u bo'lmish ishq-muhabbat qalamga olinib, oshiq va ma'shuqning tashqi holati hamda ichki dunyosini ochib berishda tarz ma'noli leksemalardan ustalik bilan foydalanilgan: U qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast, Sho'xchan she'rlar aytdi sevgi nomidan. Hammani kuldirdi, qiz esa faqat Beparvo jilmayib o'tdi yonidan. U qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast, Yig'lab, faryod chekdi sevgi nomidan. Hammani yig'latdi, qiz esa faqat Beparvo jilmayib o'tdi yonidan. U qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast, Na kuldi, na qatra to'kdi yoshini. U kuyladi mag'rur, qiz bo'lsa shu vaqt Huzuriga keldi egib boshini. (Abdulla Oripov) Bu she'rda ham tarz ma'noli leksemalar orqali tazod san'ati qo'llangan. Misralardagi qo'shiqning kuylanish hamda oshiq va ma'shuqning zohiriy va botiniy olamidagi o'zgarish tarzi o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qiladi. Shoirning ko'zlagan maqsadi ham aslida shunga qaratilgan. Xuddi burgut o'z o'ljasini (toshbaqa haqida) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga