Tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishi

Tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishi - rasmi

Material tavsifi

Tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishi Ma'lumki, leksema shakl va mazmun tomoniga ega bo'lgan til birligi hisoblanadi. Uning shaqliy barqarorligi va qaysidir lisoniy qolip mahsuli ekanligi shaqliy tomoni bo'lsa, semema uning ichki tomoni (mazmun)ini tashkil etadi. Tilshunoslikda sememaning tarkibiy qismlari (sememani hosil qiluvchi ma'no bo'laklari) sema deb yuritiladi. Semema semalari nutqda turli sathlar hamkorligida namoyon bo'ladi. Tilshunos B.R.Mengliyevning Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida leksik birliklarning nutqiy voqealanishida, asosan, morfologik, sintaktik va uslubiy omillar hamkorlik qilishi aytib o'tilgan. Olim o'z ishida ushbu hamkorlikdagi sathlarning hissasini uchburchak burchaklarining mazkur figuradagi hissasiga qiyoslaydi. Bunda burchaklar o'zaro teng bo'lishi ham mumkin, yoki burchaklardan birining kengayishi qolgan burchaklarning torayishiga olib keladi. Shuningdek, leksik birliklarning nutqda voqelanishida ham morfologik, sintaktik va uslubiy omillardan birining kuchayishi boshqalarining susayishiga sabab bo'ladi. Leksemalarning OLM (oraliq lug'aviy ma'no)larini farqlashda, ayniqsa, morfologiya va sintaksisning hamkorligi yanada muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ayrim leksemalar OLMlarining farqlanishi ko'proq sintaktik, joylashuv omiliga bog'liq bo'lib, bunda morfologik omilning hissasi kamayadi. Shaqliy (morfologik) omil kuchayganda joylashuv omili keyingi mavqeda bo'lib, faqat leksemani nutqda ifodalash vazifasi bilan cheklanadi. Keltirilgan fikrlarga asoslangan holda, o'z ishimizda tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishini sathlar kesimida tahlil qilishga harakat qilamiz. Tarz ma'noli leksemalarning nutqda monosemantik, polisemantik, sinonimik, omonimik, graduonimik munosabatlari voqelanadi, lekin ularda sathlar hamkorligi teng mavqeda emas. Quyida polisemantik va omonimik munosabatlarning nutqda voqelanishini alohida-alohida ko'rib o'tamiz. Polisemantik tarz ma'noli leksemalarning nutqiy voqelanishi. To'plangan ma'lumotlarga tayanib aytish mumkinki, tarz mikromaydoniga kiruvchi asta, baravar, bejo, bemalol, beozor, bot, dadil, jadal, jiddiy, jim, ma'noli, ma'yus, ojizona, sayoz, sekin, tez, to'g'ri, uzil-kesil, xoli, chiroyli, sharros, erkin, yuzma-yuz, o'zicha leksemalari polisemantikdir. Quyida ulardan ayrimlarining sememalarini farqlashda sathlar roli masalasi tahlil qilinadi. Asta so'zi. O'zbek tilining izohli lug'atida asta so'zining quyidagi ma'nolari farqlangan: ASTA rvsh. 1 Past tezlik bilan; sekin. Shoqosim o'rnidan turdi, etagining changini qoqib o'z chaylasi tomon asta jo'nadi. Oybek, Tanlangan asarlar. 2 Past darajadagi tovush bilan; sekin. Mirzakarimboy yana o'shshayib tikildi, ammo maslahatgo'ylik bilan asta gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar. 3 Sezilar-sezilmas darajada, shunday xatti-harakat bilan, sekin. Ahmad dik etib turib, yelkamga asta urib qo'ydi. S. Siyoyev, Yorug'lik. (O'TIL, 1-jild, 110-bet). Bu ma'nolarning har biri asta so'zining turli semantik guruhga mansub ekanligini ko'rsatadi. Aytilganidek, asta so'zi birinchi leksikogrfik ma'nosi (past tezlik bilan; sekin) bilan harakatning bajarilish tezligi (tezlik darajasi)ni ifodalovchi birliklar guruhidan joy oladi. Ayni shu ma'nosi orqali u oradan ko'p vaqt o'tmasdan, oz (qisqa) vaqt ichida; darrov ma'nosiga ega bo'lgan tez so'zi bilan antonimlik hosil qilish imkoniga ega bo'ladi. Asta ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga